Dron ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi mojaroga barham berish bo‘yicha muzokara muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Kiyev taqdim qiladigan 2-reja hisoblanadi, deb yozdi Amerikaning “The New York Times” nashri intervyu bergan harbiy tahlilchilarga tayanib.
– O‘tgan yil kuzda ishlab chiqila boshlagan va fevral oyida mudofaa vaziri Rustem Umerov tomonidan rasman e’lon qilingan “Uchuvchisiz samolyotlar bo‘yicha kengaytirilgan dastur” Kiyevning “B rejasi”dir, – deyilgan maqolada.
Mulozim so‘zlariga ko‘ra, eng yaxshi o‘qitilgan dron bo‘linmalaridan mudofaa chizig‘ini yaratish maqsadi hozircha besh tuzilmani birlashtirgan.
Ukraina strategik sanoat vaziri German Smetanin avvalroq Kiyevda 700 kilometrgacha masofada joylashgan nishonga zarba bera oladigan “Peklo” o‘zi uchar raketalari borligini aytgandi. 2024 yil 24 avgustda Vladimir Zelenskiy boshqa uchuvchisiz raketalar, jumladan “Palyanitsa” ham sinovdan o‘tkazilgani haqida gapirgan. 4 dekabrda esa Umerov bu turdagi qurol tizimli ravishda ishlab chiqarila boshlaganini ma’lum qildi.
S.Rahimov, O‘zA