O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 18 may – Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi. Unda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati rahbari Mohinur Imomova muzeyshunoslikka oid ishlar xususida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek, yurtimizda muzeylar faoliyati doimiy qo‘llab-quvvatlanmoqda. Sana munosabati bilan bugun barcha muzeylarda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazilayapti. Bayram dasturlari va yangi ko‘rgazmalar ochilmoqda.  

25-26 may kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, “Buyuk ipak yo‘li” tadqiqotlari” ko‘p jildli katalog taqdimoti, ko‘rik-tanlov, ko‘rgazma-savdolar, teatrlashtirilgan konsert-tomosha dasturlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.  

Hozirda muzeylar turizm sohasining yetakchi tarmog‘iga aylanib bormoqda. Bugungi kunda yurtimizda 150 ta muzey faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 49 tasi asosiy muzeylar (ulardan 6 tasi muzey-qo‘riqxonalar) va 78 tasi filiallar, shuningdek, 16 tasi idoraviy va 7 ta nodavlat muzeylar hisoblanadi. Respublikamiz muzeylari fondlarida jami 2,5 milliondan ortiq tariximiz bilan bog‘liq noyob muzey ashyolari va kolleksiyalari mavjud.  

So‘nggi yillarda muzeylarni rivojlantirishda asosiy e’tibor sohaga axborot texnologiyalarni faol tatbiq qilish, raqamlashtirish ishlariga qaratilmoqda. Hozirgi kunga qadar Milliy muzey fondining davlat katalogiga davlat muzey va muzey-qo‘riqxona hamda uy-muzeylaridan jami 1,2 millionga yaqin muzey ashyolari kiritilgan.  

Muzeylarga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish maqsadida davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “Ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilindi va tashrif buyuruvchilarga bepul etib belgilandi. Haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi, deb belgilab qo‘yilgan.  

2022 yilda o‘quvchi va talabalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va boshqa fuqarolarning muzeylar va mamlakatimizning tarixiy manzilgohlariga tashriflarini tashkil etish maqsadida “Moziyga sayohat” dasturi ishlab chiqildi.  

Dastur doirasida o‘tgan davr mobaynida jami 800 ming 586 nafar aholining muzeylarga qo‘shimcha tashrifi tashkil etildi. Shundan, 81 ming 260 nafari “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, 113 ming 366 nafari davlat tashkilotlari va muassasalari xodimlari, 605 ming 960 nafari esa o‘quvchi va talaba yoshlarni tashkil etadi.  

Tashriflarni oshirish maqsadida o‘tgan davr mobaynida muzeylarda 200 dan ortiq “Muzeyda tun”, “Open Air Fest” kabi ko‘ngilochar dasturlar, konsert tomoshalari tashkil qilindi. Imkoniyati cheklangan shaxslar, maktab yoshidagi bolalar, keksa tashrif buyuruvchilar va ularga hamrohlik qiladigan shaxslarning muzeylarga kelishi uchun inklyuziv sharoitlar yaratish uchun 47 ta muzeyda pandus yo‘lakchalari, 7 ta muzeyda ko‘tarilish vositalari (lift) o‘rnatilgan va 30 ga yaqin muzeylarda audiogidlar tashkil etilgan.  

2022-2023 yillarda respublikadagi davlat muzeylari tomonidan 400 dan ortiq ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etilgan.  

Biroq olis va chekka hududlarda muzey fondlarida saqlanayotgan noyob muzey ashyolari va kolleksiyalarining ko‘chma ko‘rgazmalarini tashkil etish uchun xavfsiz va maqbul joyning yo‘qligi, ashyolarni xavfsiz tashish uchun maxsus transport vositalari mavjud emasligi asosiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda.  

Muzeylarni aholiga yaqinlashtirish, olis va chekka hududlarda ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etish choralarini kuchaytirish bo‘yicha bu boradagi muammo bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Xususan, muzey ashyolarini xavfsiz tashish uchun 9 ta maxsus transport vositalari bilan ta’minlandi.  

Davlat muzeylariga madaniy boyliklarni, shu jumladan, mustaqillik yillarida yaratilgan,

yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini xarid qilish uchun “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi tashkil etilib kelinmoqda. Aksiya doirasida har yili davlat byudjetidan 3 milliard so‘mdan hamda hududlardagi tegishli davlat muzeylariga mahalliy byudjetdan 500 million so‘mdan mablag‘ ajratib borilishi belgilandi.  

Aksiya doirasida bugungi kunga qadar aholidan jami 3 ming 811 ta ashyo va buyumlar to‘plandi. Shundan, 3 ming 400 ta ashyo va buyumlar aholi tomonidan muzeylarga beg‘araz topshirildi. 147 ta ashyo 7,5 milliard so‘m miqdorda baholandi va ularni respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan xarid qilish bo‘yicha Badiiy ekspertlar kengashi qarori qabul qilindi.  

 N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muzeylar – yurtimiz tashrif qog‘ozi