Prezidentimiz raisligida shu yilning 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishida ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat va san’at sohasida oldimizda turgan o‘ta dolzarb vazifalar belgilab berildi. Ushbu yo‘nalishdagi keng ko‘lamli ishlarni yanada yuqori pog‘onaga olib chiqish borasida hayotiy tashabbuslar ilgari surildi.

Ana shunday tashabbuslardan biri muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yetti yillik dastur qabul qilinishidir. Shuningdek, Tarix muzeyi hamda San’at muzeyining yangi binolari barpo etilishi, Temuriylar tarixi hamda Tabiat muzeylarining ekspozitsiyasi yangilanishi, Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi kapital ta’mirlanishi aytildi. Bundan tashqari, muzeylarimizda Birinchi va Ikkinchi Renessans, davlatchilik tarixi va buyuk allomalar faoliyati bo‘yicha yangi ekspozitsiyalar tashkil qilinishi ta’kidlandi. 

Darhaqiqat, muzeylar — tarix ko‘zgusi, kecha bilan bugunni, bugun bilan kelajakni o‘zaro bog‘lab turadigan ma’naviyat, madaniyat maskanidir. Ushbu maskanlarni qo‘llab-quvvatlashga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilishi o‘tmishimizga, boy tariximizga, ajdodlarimizning bebaho merosiga bo‘lgan e’tibor namunasidir. 

—  Bugungi tahlikali bir davrda jamiyatimizda ma’naviy yuksaklikni ko‘tarish, fuqarolarni ma’naviy jihatdan to‘liq shakllantirish, yurtga, madaniy merosimizga, tariximizga daxldorligini oshirish muhim ahamiyatga ega, — deydi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilova. — Prezidentimiz raisligida o‘tgan uchrashuvda jamiyatimizning, fuqarolarning madaniyatini, ma’naviyatini yuksaltirishda san’at, madaniyat sohasi, muzey va teatrlarning o‘rni alohida ekani ta’kidlandi va har bir yo‘nalishda bir qator yangi tashabbuslar ilgari surildi.  

Ta’kidlash joizki, birgina muzeylar sohasida Prezidentimiz tomonidan juda ko‘plab hujjatlar qabul qilindi. Ular asosida muzeylar faoliyatini yaxshilash, moddiy-texnik bazasini takomillashtirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Ammo hali oldimizda ancha ishlarimiz bor. Davlatimiz rahbari ma’naviyatchilar bilan uchrashuvda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga zamonaviy, innovatsion bino qurib berish taklifini berdi. Bilasizmi, bitta tarixiy shaxs uchun qurilgan ushbu bino hududi necha ming asrlik o‘zbek xalqining tarixini ko‘rsatishga kichiklik qiladi. Shu bois ham Prezidentimizning bu taklifidan juda xursand bo‘ldik.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nCqpHAROay0" title="Muzeylar — tarix koʻzgusi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Prezidentimiz Luvr muzeyida o‘tkazilgan ko‘rgazma haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Agar davlatimiz rahbarining sa’y-harakati bo‘lmaganda, dunyodagi bu mashhur muzeyda ko‘rgazma tashkil qila olmas edik. Chunki bu muzeyda ko‘rgazma qiluvchilarning navbati katta. Luvr boshlanishi bo‘ldi, xolos. Undan keyin Saudiya Arabistonida, Xitoyda, Berlinda ko‘rgazmalar tashkil qilindi. Yangi yildan esa Buyuk Britaniya, Yaponiya va boshqa davlatlarda ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Xorijda bunday ko‘rgazmalarni tashkil qilishning ahamiyati shundaki, biz boy tariximizni, xalqimizning madaniyatini butun dunyoga targ‘ib etish imkoniga ega bo‘lamiz, — deydi J.Ismoilova.    

Muzeylardagi mavjud osori-atiqalarni asrab-avaylash, ularning fondini yangi topilmalar bilan boyitish muhim ahamiyatga ega. Bunda esa restavratsiya ishlarining samarali tashkil etilishi alohida o‘rin tutadi. Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari Fransiya bilan hamkorlikda Milliy restavratsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilishini alohida ta’kidladi.  

—  Bizda restavratsiya maktabi yo‘q. Luvrda ko‘rgazma tashkil etish uchun qariyb 4 yil tayyorgarlik ko‘rdik. Ashyolarimizni Luvr muzeyining restavratorlari kelib ko‘rgazmaga tayyorlashdi. Turli tarixiy ashyolarning necha ming yillik changlarini artishni, tozalashni ham o‘ziga xos yo‘li, sir-asrori bor. Bu jarayonda xorijiy restavratorlar bilan yonma-yon ishlagan o‘zbekistonlik restavratorlarimiz uchun mahorat darsi bo‘ldi, mahorati oshdi.  

Ammo bu bir martalik ko‘rgazma jarayonida o‘rganadigan holat emas. Shu bois davlatimiz rahbari Fransiya bilan hamkorlikda Milliy restavratsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilishini aytganlarida juda xursand bo‘ldik. Shunday osori-atiqalar borki, ular hatto nafasingizdan ham zarar ko‘rishi mumkin. Har bir sohaning o‘z ustasi bor. O‘zbekistonda Milliy restavratsiya markazi qanchalik tez tashkil etilsa, muzeylarimiz oldida turgan katta muammolarning bir qismi hal etilgan bo‘ladi. Shu bilan birga, ushbu markaz har bir muzeyga kamida bittadan mutaxassis tayyorlab bersa, muzeylarda restavratsiya masalalari yechilgan bo‘lar edi, — deydi Jannat Ismoilova.  

Tariximiz, boy madaniy merosimizni bugungi va kelajak avlodlarga namoyish etadigan, o‘zida bebaho namunalarni saqlayotgan muzeylarimiz xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini, madaniy saviyasini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan, bu maskanlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish bugungi kunning dolzarb masalasidir.  

Muhtarama Komilova, Abror Sodiqov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muzeylar — tarix ko‘zgusi (+video)