Muzey yangi kolleksiyalar bilan boyidi
Камолиддин Беҳзод номидаги Шарқ миниатюра санъати музейи 9 та янги коллекция билан бойитилди.
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi 9 ta yangi kolleksiya bilan boyitildi. Xususan, kolleksioner Komil Kamolov tomonidan taqdim etilgan turli davrlarga oid 8 dona toshbosma kitob shular jumlasiga kiradi.
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, hozir muzey xodimlari tomonidan mazkur ashyo va kolleksiyalarning ilmiy pasportini yozish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati boʻyicha “Oʻzbekiston miniatyura sanʼati: genezisi, evolyutsion jarayon, istiqbol va taraqqiyoti” mavzusida fundamental davlat granti loyihasi rahbari va ijrochilari tomonidan “Miniatyura sanʼatining oʻrganish aspektlari” nomli monografiya nashrga tayyorlandi. Nashr ishlari yakunlangach, bu ham muzey kolleksiyasi boʻladi.