Muzey xodimlarining ikkinchi anjumani
Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining Tula shahrida O‘zbekiston va Rossiya muzey xodimlarining ikkinchi anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda Madaniy meros agentligi xodimlari ham ishtirok etmoqda.
Anjuman doirasida “Mustahkam do‘stlik qal’asi. Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining fortifikatsion merosi” ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma loyihasi me’morchilik merosi orqali har ikki mamlakat madaniyatining o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishga qaratilgan. Unda qal’alar, qo‘rg‘onlar, boshqa turdagi istehkomlar namoyishga qo‘yilgan.
Anjuman muzeylar o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatish va muzey mutaxassislarining tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

N.Usmonova, O‘zA