Muzaffarova Baxtiniso Bohodirxon qizining kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Oksikislotalar asosida biotibbiy materiallar sintezi va xossalarini tadqiq etish” mavzusida
Muzaffarova Baxtiniso Bohodirxon qizining kimyo fanlaridan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Oksikislotalar asosida biotibbiy materiallar sintezi va xossalarini tadqiq etish” mavzusidagi dissertatsiya ishining himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.K.09.09 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 11-iyul kuni, soat 11:00 dagi yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy, Biokimyo instituti, kimyo binosi, 220 xona.
Tel: (+99866) 239-11-40; faks: (+99866) 239-11-51
e-mail: devonxona@samdu.uz