Muzaffarov Farruxbek Odiljon o‘g‘lining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalarning innovatsion boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida
Muzaffarov Farruxbek Odiljon o‘g‘lining 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalarning innovatsion boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/2025.27.12.I.03.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 27-fevral kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170600, Andijon tumani, Oliygoh ko‘chasi, 1-uy. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Tel: (99874) 224-02-82
e-mail: andqxai@exat.uz