Malayziyaning Kuching shahrida para taekvondo bo‘yicha o‘tgan Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari mamlakatimizga keldi.

Matonatli para taekvondochilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Marosimda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda sportchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, qit’amizning 22 ta mamlakatidan jami 180 nafarga yaqin para taekvondochilar ishtirok etdi. Musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasining 17 nafar vakili ham medallar uchun bahs olib bordi.

Paralimpiya o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini ulashuvchi ushbu Osiyo chempionatida Zuhriddin Tohirov (63 kg), Umida Mamarajabova (52 kg) va Roziya Ergasheva (65 kg) oltin, Muhammadsodiq Usmonov (58 kg), Asadbek Toshtemirov (+80 kg), Qizlarxon Isomiddinova (47 kg) hamda Karomat Rustamova (52 kg) kumush medalga ega chiqdi. Shuningdek, Qudrat Haydarov (63 kg), Qudratillo Sunnatov (70 kg) va So‘g‘diyona Normo‘minova (+65 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

– Qit’a birinchiligida murabbiylarimning aniq ko‘rsatmalari, xalqimizning duosi va bizga bo‘lgan ishonchi sabab oltin medalni qo‘lga kiritdim, – deydi Zuhriddin Tohirov. – Musobaqa davomida tajriba to‘pladim. Umid qilamanki, kelgusi musobaqalarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilaman.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muzaffar sportchilarimiz tantanali kutib olindi