Muzaffar olimpiyachilarimiz Toshkentga yetib keldi
Fransiyaning Parij shahrida o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz mamlakatimizga qaytib keldi.
Ularni Toshkent xalqaro aeroportida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, olimpiadachilarning ota-onalari va yaqinlari, jurnalistlar tantanali kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi Olimpiadada 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.


Javohir Toshxo‘jayev, Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA