Muxtor Ashrafiyning yorqin ijodi katta e’tiborga loyiqdir. Kompozitorning ko‘plab maqola va tadqiqotlarida adabiy qiziqishlar o‘z aksini topdi.

Ijodkor ko‘hna Buxoroda dunyoga kelgan. Muxtor Ashrafiy iste’dodli o‘qituvchi, bastakor, dirijyor, jamoat arbobi sifatida shuhrat qozondi. U o‘n bitta tilni bilgan. Buni Muxtor Ashrafiyning tarix, falsafa, musiqaga oid kitoblari, ma’lumotnoma va ensiklopedik nashrlar, badiiy adabiyotlardan iborat memorial muzeyda saqlanayotgan boy kutubxonasi ham tasdiqlaydi.  

Ma’lumki, XX asr O‘zbekistonda professional bastakorlik maktabining gullab yashnagan davri hisoblanadi. O‘zbek sahna asarlariga tamal toshini qo‘ygan ijodkor S.Vasilenko bilan birinchi o‘zbek operasini yozdi. O‘zbek operasini yaratish masalasi o‘z davrida 30 yillar davomida san’atkorlar tomonidan qayta-qayta ko‘tarilgan. 

Muxtor Ashrafiy asosiy masala sifatida milliy opera yaratish muammosini ilgari surgan. Bu aslida konferensiya delegatlarining yagona mavzusi edi. So‘zga chiqqanlar o‘sha davrga kelib o‘zbek musiqasida opera yaratish uchun sharoit paydo bo‘lganini ta’kidladilar. S.Vasilenko bilan hamkorlikda «Bo‘ron» nomli 1-o‘zbek operasini yozgan va bu A.Navoiy nomidagi o‘zbek opera va balet teatrida 1939 yil namoyish etilgan.  

Kompozitor 1-o‘zbek operasini yaratishdek mas’uliyatli niyatini amalga oshirishga kirishdi. Jumhuriyat iltimosi bilan ishga S.Vasilenko qo‘shildi. Ashrafiy Moskva konservatoriyasida undan ta’lim olgan edi. 

Muxtor Ashrafiy hayotining aksariyati qismini Toshkentda o‘tkazdi. Musiqachi yashagan uy muzeyga aylandi. Musiqachi hayotining so‘ngi yillari uning ko‘p qirralari faoliyatining hamma sohalaridagi ijodiy yuksalish davri ana shu dargohda o‘tdi. «Sevgi tumori», «Temur Malik» baletlari «Rustam haqida doston» oratoriyasi shu yerda yaratilgan. Muzey tashkil etish to‘g‘risidagi fikr kompozitor vafotidan keyin darhol vujudga keldi. Zamonaviy o‘zbek musiqasi asoschilaridan biri Muxtor Ashrafiy mislsiz xizmati uchun turli mukofot va unvonlar bilan taqdirlangan. 

O‘zbek milliy musiqa san’atida o‘ziga xos maktab yaratib, musiqali sahna asarlariga tamal toshini qo‘ygan ijodkorning o‘ziga xosligi – uning asarlarida dramaturgiyaning rivojlanib borishi, musiqaning hamohangligidir.

Farzona Ismoilova, Botir Zokirov 

nomidagi Milliy estrada san’ati instituti talabasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muxtor Ashrafiyning musiqiy falsafasi