Buxoroda mashhur kompozitor va dirijyor Muxtor Ashrafiy xotirasiga bagʻishlangan xalqaro musiqiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda keng jamoatchilik vakillari, bastakorning yaqin qarindoshlari va shogirdlari, chet ellik mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbir Muxtor Ashrafiy tugʻilib oʻsgan Buxoro shahrining qadimiy goʻshalaridan biri – Bozori gul koʻchasidagi uyga tashrif bilan boshlandi. Taʼkidlash joiz, boʻlajak sanʼatkorda musiqaga havas ayni shu xonadonda boshlangan. Otasi Ashrafjon nafaqat mohir tanburchi, balki Buxoroning mashhur hofizlaridan biri edi. Oiladagi muhit yosh Muxtorning sanʼatkor boʻlib yetishishida muhim ahamiyat kasb etdi. Uning bolalik va musiqaga havas uygʻongan yillari bilan bogʻlangan mazkur uy darvozasida mehmonlar ishtirokida xotira lavhasi oʻrnatildi.

Viloyat markazida uning nomi bilan ataladigan koʻcha bor. Bir paytlar buyuk mutafakkir Abdurauf Fitrat asos solgan musiqa maktabi hozirda Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabiga aylantirilgan boʻlib, unga Muxtor Ashrafiy nomi berilgan.

photo5447358063364386419.jpg

Maʼrifiy tadbir qatnashchilari mazkur maskan hovlisida oʻrnatilgan buyuk kompozitor byusti atrofidagi moʻjazgina bogʻga koʻchatlar oʻtqazishdi.

Muxtor Ashrafiy xotirasini sharaflash marosimi mazkur ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining konsert zalida davom etdi. Unda soʻzga chiqqan Toshkentdagi Muxtor Ashrafiy muzeyi direktori N.Gunova, hindistonlik professor Ch.Shekxar, Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Y.Genjayev, kompozitorning Tojikistonda istiqomat qilayotgan nevarasi I.Ayniy va boshqalar madaniyatimiz zabardast dargʻasining oʻzbek milliy musiqasi rivojiga qoʻshgan hissasi haqida soʻz yuritdi.

Muxtor Ashrafiy nisbatan qisqa umr koʻrdi, 1975-yilda, 63 yoshida vafot etdi. Ammo u milliy madaniyatimiz tarixida munosib oʻrin egalladi. 1928-yilda Samarqand musiqa va xoreografiya institutiga oʻqishga kirgan bu isteʼdod sohibi koʻp oʻtmay bastakorlik qobiliyatini namoyon etdi. U birinchi oʻzbek kompozitorlari qatorida simfonik partituralarini yaratdi. Simfonik orkestr uchun “Qurilish marshi”, Komil Yashinning “Ichkarida” musiqali dramasiga qoʻshiqlar bastaladi. Keyinchalik gruzin adabiyotining mumtoz namoyandasi Shota Rustavelining “Arslon terisiga yopingan pahlavon” asari asosida vokal simfonik poemasini yozdi. U ustozi S.Vasilenko hamkorligida yaratgan “Boʻron” asari bilan birinchi oʻzbek operasi yoʻnalishiga asos soldi. Muxtor Ashrafiy yaratgan koʻplab opera, musiqali drama, balet, simfonik, vokal-simfonik cholgʻu, qoʻshiq hamda romanslar zamonaviy oʻzbek musiqasining sara namunalari qatorida turadi. Kompozitorning buxorolik yigit bilan hind qizi oʻrtasidagi qaynoq muhabbat haqida hikoya qiluvchi qadimiy afsona asosida yaratilgan “Sevgi tumori” baleti Hindistonda ham mashhur.

photo5449781885208210470.jpg

Uni qator xorijiy davlatlarda ham yaxshi bilishadi. Muxtor Ashrafiy Javoharlal Neru va Jamol Abdul Nosir nomidagi xalqaro mukofotlar bilan taqdirlangan.

Madaniyatimiz dargʻalaridan biri sifatida eʼtirof etilgan bu inson nafaqat mohir kompozitor va dirijyor, ayni paytda ulkan tashkilotchi hamda jamoat arbobi sifatida ham obroʻ-eʼtibor qozongan. 1947-1961-yillarda hozirgi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori, 1964-1966-yillarda yangi tashkil etilgan Samarqand opera va balet teatri direktori, badiiy rahbari va bosh dirijyori, 1966-1971-yillarda Alisher Navoiy nomidagi akademik Katta opera va balet teatri badiiy rahbari hamda bosh dirijyori vazifalarida faoliyat koʻrsatdi. Ustoz sanʼatkor 1971-yildan to umrining oxirigacha Oʻzbekiston davlat konservatoriyasini boshqargan.

– Muxtor Ashrafiy sanʼat sohasida ustozlik maqomini ham ulugʻlagan edi, – deydi Oʻzbekiston xalq artisti Sulaymon Shodmonov. – Men konservatoriyani tugatgach, ancha yillar uning rahbarligida ishlab, tajriba oʻrgandim. Ustoz shogirdlariga qattiqqoʻl boʻlish bilan birga, nihoyatda mehribon ham edi, oʻz ustimizda tinimsiz ishlashga undar, sanʼatda oʻz oʻrnimizni topishga koʻmaklashardi.

photo5447358063364386420.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muxtor Ashrafiy xotirasiga bagʻishlandi