Shu kunlarda Yoshlar ijod saroyida turli uchrashuv va loyihalar taqdimotlari qizg‘in davom etmoqda. Xususan, “Yoshlar forumi-2024” doirasidagi navbatdagi tadbirda “Mutolaa” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Eng yaxshi takliflar va kreativ fikrlar egalariga esdalik sovg‘alar va 10 ta “Mutolaa premium” taqdim etildi.


Tadbirda qayd etilganidek, joriy yilning fevral oyidan boshlab “Mutolaa” jamoasi o‘zbek tilidagi kitoblarni yagona platformada tizimli shaklda, yuqori sifatda to‘plab bormoqda. Shu kungacha 2 mingdan oriq kitoblar elektron va audio formatlarda ilovaga joylangan hamda foydalanuvchilar tomonidan mingdan ortiq marta yuklab olingan. Bugungi kunga kelib “Mutolaa” ilovasi foydalanuvchilar soni 1 yarim millionga yaqinlashib qoldi. Bu ko‘rsatkich yoshlar orasida kitobga, ilm-fanga bo‘lgan qiziqish va muhabbatning ortib borayotganidan dalolat beradi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA