Insoniyatga xavf solib turgan uyushgan transmilliy jinoyatchilikning eng xavfli turlaridan biri – giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi hisoblanadi. Giyohvandlik vositalarining, ayniqsa, sintetik narkotiklarning noqonuniy muomalasida prekursorlar alohida o‘rin tutadi.

Prekursorlarning noqonuniy muomalasiga qarshi qanday kurashish kerak? 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi katta inspektori Sarvar O‘rmonov shu savolga javob berdi: 

– Prekursor giyohvandlik vositalarining sintezi uchun boshlang‘ich tarkibiy qism sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy modda hisoblanadi. Shu sababli, prekursorlar aylanmasini nazorat qilish giyohvandlik vositalarining noqonuniy ishlab chiqarilishiga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlaridan biri. 

Ko‘pgina davlatlar tomonidan prekursorlar muomalasi alohida nazoratga olingan. Mamlakatimiz qonunchiligida ham prekursorlar muomalasini tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonuni 3 -moddasida prekursorlar deganda, prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar tushunilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 noyabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 330-son qarori bilan mamlakatimizda muomalasi cheklangan prekursorlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga 29 nomdagi prekursorlar kiritilgan.

Biroq, bugungi kunda mamlakatimizda prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. Birinchidan, prekursorlar muomalasini to‘liq nazorat qilish tartibi va mexanizmi mavjud emas. Ikkinchidan, sintetik narkotiklarni ishlab chiqarishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan ayrim kimyoviy moddalar (2-brom-4-xloropropiofenon, 2-brom-4-metoksipropiofenon, 2-brom-4-metilpropiofenon, alfa-bromvalerofenon va boshqalar) muomalasi cheklangan prekursorlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Shu bilan birga, milliy qonunchiligimizda prekursorlarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilanmagan. Bu esa, prekursorlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatlar aniqlangan taqdirda, mazkur qilmishni sodir etgan shaxslarning javobgarlikka tortilmay qolishiga va o‘z harakatlarini davom ettirishiga sabab bo‘ladi.

Bu borada xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilganda, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228-3-moddasida (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar prekursorlarining noqonuniy muomalasi); Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 297-moddasida (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki o‘tkazish); Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 328-1-moddasida (giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning prekursorlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki o‘tkazish) kabi holatlar bo‘yicha javobgarlik belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, prekursorlar muomalasini to‘liq nazorat qilish tartibi va mexanizmini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurati mavjud. 

Qonunga xilof ravishda sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlashda foydalanilayotgan kimyoviy moddalarni mamlakatimizda muomalasi cheklangan prekursorlar ro‘yxatiga kiritish, milliy qonunchiligimizda prekursorlarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik (ma’muriy va jinoiy) belgilash maqsadga muvofiq.

Norgul Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mutaxassis taklifi: prekursorlar muomalasini to‘liq nazorat qilish va bu borada javobgarlik belgilash kerak