Mustaqillikning 35 yili: Turkmaniston nigohi kelajakka qaratilgan
Turkmaniston mustaqilligining 35 yilligi Ashxobodda keng ko‘lamli parad bilan nishonlandi. Tantanada xalqaro hamkorlar ham ishtirok etdi.
1995-yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tan olingan doimiy betaraflik maqomi mamlakat tashqi siyosatining asosi bo‘lib qolmoqda. Iqtisodiy o‘sish 6 foizdan yuqori, davlat qarzi 2 foizdan kam. Tabiiy gaz, xususan ulkan Galkinish koni iqtisodiyotning asosiy tayanchi hisoblanadi. Shu bilan birga portlar, avtomobil yo‘llari va ta’lim sohasi rivojlanmoqda.
Bayram dasturidan qadimiy axaltekin otlari ko‘rgazmali namoyishi ham o‘rin oldi. Ayni payt mamlakat tarixiy merosini asrab-avaylash barobarida mustaqillikning keyingi 35 yili uchun yangi maqsadlar belgilanmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA