Mustaqillik yillari O‘zbekiston matbuotida o‘zbek front gazetalari va harbiy jurnalistlar faoliyatining yoritilishi
Ziyoxiddin Raxmonjon o‘g‘li RAIMJONOV o‘qituvchi Qo‘qon universiteti Andijon filiali Andijon, O‘zbekiston raimjonovziyokhiddin@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek tilida nashr etilgan front gazetalari hamda ularda faoliyat yuritgan harbiy jurnalistlarning milliy harbiy matbuot taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda tarixiylik, qiyosiy tahlil va manbashunoslik usullaridan foydalanilgan bo‘lib, mustaqillik yillarida nashr etilgan ilmiy adabiyotlar, arxiv materiallari hamda davriy matbuot ma’lumotlari o‘rganilgan. Front gazetalarining tashkil etilishi, ularning mafkuraviy vazifalari, milliy harbiy qismlardagi ahamiyati hamda o‘zbekistonlik harbiy muxbirlarning jangovar va ijodiy faoliyati yoritilgan. Shuningdek, front gazetalarining Ikkinchi jahon urushi tarixini o‘rganishda birlamchi muhim tarixiy manba sifatidagi ahamiyati asoslab berilgan.
Tayanch so‘zlar: Ikkinchi jahon urushi, front gazetalari, harbiy jurnalistika, harbiy muxbirlar, milliy harbiy qismlar, harbiy matbuot, manbashunoslik, O‘zbekiston.