Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi oldidan

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligini nishonlashimizga sanoqli kunlar qoldi. Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab bayram shukuhi kezib yuribdi. Shunday lahzalarda har bir vatandoshimiz qalbida istiqlol ne’mati va uning qadri bilan bog‘liq fikrlar kechishi tabiiy.  

Oliy Majlis Senati a’zosi Quvondiq SANAQULOV mustaqillik bilan bog‘liq fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:  

– Mustaqillik – xalqimiz hayotini, taqdirini keng va yorug‘ yo‘lga olib chiqqan buyuk ne’mat. Shu ne’mat tufayli mamlakatimiz jahonda tenglar ichra teng bo‘lib, BMTning to‘laqonli a’zoligiga qabul qilindi. Dunyodagi boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.  

Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida Yangi O‘zbekiston butun dunyoga taalluqli tashabbuslarni ilgari surmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT minbariga olib chiqayotgan ko‘plab tashabbuslar ma’qullanib, amaliyotga tatbiq etilayotgani buning isbotidir.  

Masalan, 2024 yil 13 avgustda BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi bir ovozdan «Degradatsiyaga uchragan va qurg‘oq hududlarda barqaror o‘rmonzorlarni barpo etish, daraxt ekish va ularni targ‘ib qilish – ekologik muammolarga qarshi kurashning samarali yechimi» rezolyutsiyasini qabul qildi. Hujjatda Shavkat Mirziyoyevning Bosh Assambleyaning 78-sessiyasi va BMT Iqlim bo‘yicha 28-konferensiyasida iqlim o‘zgarishiga va yerlarning degradatsiyasiga qarshi samarali kurashish bo‘yicha bildirgan asosiy takliflari o‘z ifodasini topgan.  

Joriy yil 4 iyunda BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan «Markaziy Osiyo davlatlarining giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish va bartaraf etish uchun yagona front bo‘lib harakatlanish va hamkorlik qilishga tayyorligi» rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qildi. Mazkur rezolyutsiya konsepsiya O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi asosida ishlab chiqilgan.  

E’tiborlisi, bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. Eng muhimi esa, xalqaro miqyosda tan olinayotgan tashabbuslar mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosati bilan chambarchas bog‘liq.  

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda insonning qadri, uning manfaatlari e’tibor markazida bo‘lib, xalqimiz farovonligi va munosib hayot kechirishini ta’minlash davlatimizning bosh maqsadiga aylangan. Eng muhimi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish va o‘zgarishlar har bir yurtdoshimiz turmush tarzida o‘z ifodasini topmoqda.  

Bu jarayonlar barchamizga quvonch bag‘ishlashi bilan bir qatorda, biz, parlament a’zolari zimmasiga ulkan mas’uliyat ham yuklaydi. Bizning oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri – xalqimizning og‘irini yengil qilish, uning muammolarini vaqtida va samarali hal etish, odamlarning hayot darajasi va sifatini yaxshilashdan iborat. Buning uchun fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini aniqlash, murojaatlarni qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashga qaratilgan tizim amalda o‘zini oqlamoqda.  

Aytib o‘tish kerakki, joriy yil birinchi yarmida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 128 yozma murojaat ko‘rib chiqildi, 109 nafar fuqaro qabuli amalga oshirildi. Har bir murojaatning ijrosi alohida nazoratga olingan.  

Ko‘p yillik tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, murojaat va muammoning katta-kichigi bo‘lmaydi. Chunki, har bir murojaat ortida inson, uning manfaati va taqdiri turadi. Shuning uchun bunga befarq bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. Aksincha, odamlarning og‘irini yengil qilish savobli amallardan biri, odamiylik mezonidir. Shu bois, xalq ishonchini qozonish oson emasligini chuqur anglagan holda ishimizni shu mezonga mos tarzda tashkil qilishga, butun e’tibor va imkoniyatlarimizni uni amalga oshirish uchun safarbar etishga qaratyapmiz.  

Faoliyatimning ko‘p qismi Zarafshon va Uchquduq shaharlari, Tomdi tumani, ma’lum qismi esa boshqa hududlarga to‘g‘ri keladi. Mazkur hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida yuzaga kelayotgan turli masalalarni yechishda o‘z vakolatim doirasida qatnashib kelyapman. Ma’lumki, Zarafshon va Uchquduq shaharlarida asosan konchilar va ularning oilalari istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi ish bilan ta’minlangan. Bu hududlar sanoati rivojlangan va zamonaviy infratuzilmaga ega. Birgina Tomdi tumanida keyingi yillarda investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilgani, buning hisobiga konlar ishga tushirilgani, temir yo‘l tortilgani hudud rivojiga katta ijobiy turtki berayotganini aytib o‘tish lozim. Buning hisobiga aholi, yoshlar ishli bo‘lmoqda, oilalarning daromadi, farovonligi oshmoqda.  

Keyingi yillarda Zarafshon va Uchquduq shaharlarida ijtimoiy ahamiyatga ega ulkan ishlar qilindi. Chunki, bugun Qizilqum kengliklarida, qishning izg‘irinu, yozning jaziramasida kechayu kunduz matonat, fidokorona mehnat qilayotgan aholi, ularning oilasi uchun bu juda muhim edi. Ularning ishdan keyin oilasi bilan maroqli dam olishlari uchun Uchquduq shahrida «Oltinko‘l» dam olish majmuasi, musiqali favvora, Zarafshon shahrida favvoralar sayilgohi barpo etildi. Bugungi kunda ular aholining sevimli maskanlaridan biriga aylandi.  

Zarafshonda aholi bilan uchrashuvda fuqarolarimizdan mazkur chekka hududda bolalari uchun reabilitatsiya maskani yo‘qligi, odamlar imkoniyati cheklangan farzandlarini davolatishda qiynalayotgani, buning uchun shaharda shunday markaz tashkil etish zarurligi yuzasidan taklif kelib tushdi. Bunday o‘ylab qaralsa, bu o‘ta jiddiy muammo. Chunki Tomdi tumani, Uchquduq va Zarafshon shaharlari viloyat markazidan 200-300 km. olisda joylashgan.  

Davlatimiz rahbariyati bu boradagi murojaatni qo‘llab-quvvatlagani bois Zarafshon shahrida Navoiy kon-metallurgiya kombinati quruvchilari tomonidan zamonaviy tipda imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun 72 o‘rinli «Umid» maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Barcha qulayliklarga ega bu muassasaning ochilish marosimida bu hududda yashovchi aholi ushbu tuhfani davlatimizdan minnatdorlik, sevinch yoshlari bilan qabul qilib olgan.  

Asosiysi, bu kutilganidan ziyoda natijasini berib, hech qancha vaqt o‘tmasdan 30 nafar bolajon sog‘lom hayotga qaytayotgani va bu hozir ham davom etayotgani g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir.  

Shu bilan birga, Prezidentimiz topshiriqlari asosida Qiziltepa tumanida Xalqaro shaxmat maktabi bunyod etilgani ham xayrli tashabbuslar sirasiga kiradi, albatta. «To‘dako‘l» dam olish bazasida barpo etilgan va 7,5 gektarda joylashgan ushbu zamonaviy sport maskani xalqaro talab va standartlarga to‘la javob beradi. Yuz o‘ringa mo‘ljallangan bu maskan zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega bo‘lib, zaruriy sport uskunalari va shaxmat anjomlari bilan jihozlangan.  

Bu yerda yosh tarbiyalanuvchilar, sportchilar, ya’ni bo‘lajak chempionlarning bemalol yashashlari va mahoratlarini oshirishlari uchun turnir zallari, matbuot markazi va konferens-zal, kutubxona, oshxona, o‘quv va kompyuter sinflari, o‘quv binosi, yotoqxona, 150 o‘rinli amfiteatr, musiqali favvora va boshqa qo‘shimcha qulayliklar yaratildi. Shaxmat bo‘yicha respublika, xalqaro, jahon chempionatlari, turnirlar, musobaqalar, o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish mumkin.  

Qisqacha aytganda, hali oldimizda bajarilishi muhim bo‘lgan vazifalar ko‘p. Ularni bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish asosiy vazifamizdir. Shu bois, xalqimiz manfaati, hayot tarzini o‘zgartirish yo‘lida aniq natijalar bilan faqat oldinga qarab ildamlashda davom etamiz.  

O‘zA muxbiri  

N.Abduraimova yozib oldi.  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik – xalqimiz hayotini, taqdirini keng va yorug‘ yo‘lga olib chiqqan buyuk ne’mat