Mustaqillik va fermerlik harakati
El-yurtimiz manfaati, ona Vatanimizning ravnaqi va kelajagi uchun bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishni yurtdoshlarimiz, jumladan, fermerlarimiz o‘zining birinchi darajali vazifasi, deb biladi. Chunki shu mustaqil yurt, bu buyuk Vatan – barchamizniki!
“...Respublikaning ko‘pgina hayotiy muhim manfaatlariga ziyon yetdi, paxta yakkahokimligi, ilmiy asoslangan almashlab ekishlar buzilganligi, yerning tinka-madori qurib ketganligi, suv manbalarining imkoniyatlari tobora kamayib borganligi qishloq xo‘jaligiga halokatli ta’sir ko‘rsatdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish cheklab qo‘yildi va aholini shu mahsulotlar bilan ta’minlash muammolari keskinlashdi”.Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida keltirilgan ushbu so‘zlar sobiq tuzum davrida qishloq xo‘jaligi qanday og‘ir ahvolga tushib qolgani haqida yaqqol tasavvur beradi.
Biz o‘sha kunlarni ko‘rganmiz. U paytlarda paxtaga ishlov berish uchun turli zaharli ximikatlar ishlatilardi. Dorilashdan oldin chorva mollarini dalaga chiqarmaslik, molxonalarni tuynuklarigacha bekitish kerakligini tayinlashardi. Lekin biz, o‘smirlar dalaning o‘rtasida bayroq ko‘tarib, dori sepilgan chegaralarni ko‘rsatib turardik. Samolyot ustimizdan zahar sepib o‘taverardi. Qarang, inson naqadar qadrsiz bo‘lgan-a.
O‘zbekiston agrar respublika hisoblansa-da, aholining asosiy turdagi oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan. Million-million tonnalab paxta yetishtirgan insonlar kafanlikka surp topolmagan paytlar ham bo‘lgan. Chunki o‘sha paytda bu mato faqat “rayispolkom” degan idoraning qog‘ozi bilan berilgan. Yozning jaziramasiyu qishning qahratonida tinmay mehnat qilib, million-million tonnalab paxta yetishtirgan o‘zbek dehqoni oxir-oqibat “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” degan tuhmatlarga duchor bo‘ldi.
Barcha sohalar izdan chiqqan, iqtisodiyot jar yoqasiga kelib qolgan, yerning unumdorligi so‘ngan, yigirma milliondan ortiq aholini boqish uchun omborlarda bor-yo‘g‘i 22 ming tonna un qolgan, odamlarning mehnatdan qo‘li sovigan ana shunday og‘ir sharoitda mamlakatimiz mustaqil bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimovning oqilona siyosati xalqimizni og‘ir bo‘hrondan olib chiqdi, mamlakatimizni barqaror taraqqiyot sari boshladi.
Avvalo, aholi farovonligini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bunda birinchi navbatda g‘alla mustaqilligiga erishish vazifasi turardi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda fermerlik harakatiga asos solindi. Davlatimiz rahbarining 1991-yil 29-noyabrdagi “Respublikada dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni sohaning tiklanishi va rivojlanishiga zamin yaratdi.
Farmonga muvofiq qishloq xo‘jaligi sohasida mutlaqo yangi iqtisodiy munosabatlar joriy etilib, yer egasini topdi. O‘tgan yillar davomida fermerlik harakatini har tomonlama rivojlantirish uchun alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ham iqtisodiy, ham huquqiy ko‘mak berildi.
1991-yilda yurtimizda 940 ming tonna g‘alla yetishtirilgan, har gektardan o‘rtacha hosildorlik 17 sentnerni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda 8 million tonnadan ziyod sara don yetishtirilib, g‘alladan o‘rtacha 55 sentnerdan hosil olinmoqda. 1990-yilda aholining asosiy oziq-ovqat tovarlari, don, kartoshka, go‘sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan bo‘lsa, hozir fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 90-92 foizini yetkazib bermoqda.
O‘tgan yillarda nafaqat g‘alla, balki barcha turdagi mahsulotlar yetishtirishda yetarli tajriba to‘plandi. Natijada kartoshka 7-marta, meva qariyb 4,1-marta, sabzavot 3-marta, sut va sut mahsulotlari 1,7-marta o‘sdi. Hozir 1991-yilga nisbatan aholimiz soni 1,5 baravarga oshib, 31,5 millionga yetgan bo‘lsa-da, aholi jon boshiga go‘sht iste’moli 1,4 barobar, sut va sut mahsulotlari – 1,5 karra, kartoshka – 1,9-marta, sabzavot – 2,6 barobardan ortiq, meva 6,3-marta ko‘paydi. 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavotlar va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar dunyoning 80 davlatiga eksport qilinayotgani kimni quvontirmaydi deysiz?!
Bularning bari fermerlarga yaratilayotgan qulay shart-sharoit va imtiyozlar tufaylidir. U bizga in’om etgan imkoniyatlarning cheki-chegarasi yo‘q. Avvalo, inson qadr topdi. Inson o‘z mehnati, turmushidan rozi bo‘lib, oilasining ertangi kunidan xotirjam, farzandlari ko‘ziga tik qaray olishi ham farovon hayot belgisidir. Davlatimiz rahbarining oqilona, uzoqni ko‘zlagan siyosati bois bugungi kunda ana shunday baxt-saodatga erishdik.
Bu uning oldiga yerga mehr berish bilan bir vaqtda zamon bilan tengma-teng yurishni, uning talablarini o‘z vaqtida his qilishni, foydali g‘oyalarni hayotga tatbiq etishda ijodiy yondasha olishni ham talab etmoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, fermer nafaqat dehqonchilik sirlarini puxta bilishi, ayni paytda iqtisodchi, hisobchi, menejer, seleksioner, biznesmen, kerak bo‘lsa, diplomat bo‘lmog‘i zarur.
Bugungi fermerlarimiz ongida tom ma’noda tub burilish yasaldi. O‘n yil oldin daromad ko‘rish, mashina olib, uy qurish maqsadida mehnat qilgan fermer bugun xo‘jaligi qoshida qayta ishlash korxonalari ochish, yangi ish o‘rinlari yaratib, yoshlarni ish bilan ta’minlash, jonajon vatanimizni eng rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy egallashi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga munosib hissa qo‘shish niyati bilan yashamoqda.
Natijada iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 12 barobardan ziyod oshdi. Keyingi o‘n bir yildan buyon yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi 8 foizdan yuqorini tashkil etmoqda.
Bugungi fermerlar faqat g‘alla va paxta yetishtiruvchi oddiy dehqon emas, balki serqirra tadbirkor hamdir. Ularning tashabbusi bilan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik kabi yo‘nalishlar jadal rivojlanmoqda. Jahonning eng ilg‘or texnologiyalari asosida sifatli va xaridorgir oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarayotgani bois u qishloqda ko‘p tarmoqli maqomiga ega bo‘ldi. Mana shuning o‘ziyoq oddiy dehqonga, yer egasiga berilgan erkinlikning natijasi emasmi?!
Bugungi kunda yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 49 mingtasi ko‘p tarmoqli yirik subyektlardir. Jumladan, mingdan ziyod go‘sht, sut va meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihalari, 20 dan ziyod muzlatgich omborxonalar ishga tushirilib, qariyb 17 mingta xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ish boshladi. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida qariyb 30 ming gektarda intensiv va mahalliy bog‘, 19 ming gektardan ziyodroq maydonda yangi tokzorlar barpo etildi. Natijada qishloqlarda 310 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.
Prezidentimizning 2012-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni fermerlik harakatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi.
Farmon bilan tasdiqlangan dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga, o‘ndan ortiq idoraviy-me’yoriy hujjatga o‘zgartishlar kiritildi. Fermerlar kengashlariga davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari ustidan fermer xo‘jaliklari manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizalari taqdim etganda davlat boji to‘lash, paxta xomashyosini yig‘ib-terib olishda mavsumiy qishloq xo‘jalik ishlariga jalb qilinadigan ishchilarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilish, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilgan fermer xo‘jaliklarini 5-yil muddatga yagona yer solig‘ini to‘lashdan ozod etish shular jumlasidandir.
Joylarda yer maydonlari ajratishda Fermerlar kengashi vakillari ham faol ishtirok etayotgani katta ishonch va e’tibor namunasidir. Ha, berilgan vakolatlar fermerlar kengashlarini mulkdorlarning yaqin hamkori va yelkadoshiga aylantirdi. Bugun mulk sohibi o‘z orzu-istaklari, rejalari haqida fermerlar kengashlari bilan maslahatlashadi, fikrlashadi, zarur bo‘lsa yordam oladi. Ular ko‘magida har yili 20 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi o‘ttizga yaqin yo‘nalishni qamrab olgan maxsus dastur asosida ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga aylantirilmoqda.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, fermerlar kengashlarida mulk egalarining kasb bilimi va malakalarini oshirish, qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, sohaga doir xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashish, ularning o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, huquqiy savodxonligi va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Xususan, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida “Fermerlar maktabi” tashkil etilgan.

Fermerlarimiz lug‘atida “Dala madaniyati – fermer majburiyati” degan ezgu shior paydo bo‘ldiki, bu ularni qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirish uchun yerning har qarichidan unumli foydalanishga o‘rgatdi. Bu bozorlarimiz to‘kin-sochinligini oshirish, aholining turmush farovonligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilayotir. Paxta va g‘alla hosildorligini doimiy ravishda oshirayotgan, yerdan oqilona foydalanib, yurtimiz xirmonlarini yanada yuksaltirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan fermerlarimizni doimiy rag‘batlantirish tizimi yaratilgan.
Prezidentimizning 2015-yil 29-dekabrdagi 2016-2020-yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori bu boradagi islohotlarning uzviy davomi bo‘ldi. Unga ko‘ra, 2020-yilga qadar 170 ming gektardan ortiq paxta, 50 ming gektar g‘alla maydonlari o‘rniga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish belgilandi. Demak, paxta maydonlaridan bo‘shagan yerlarda sabzavot va poliz ekinlari parvarishlanishi evaziga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va eksport hajmi oshadi.
Davlatimiz rahbarining 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘z mahsulotini qayta ishlab dunyo bozoriga chiqarish harakatida bo‘lgan fermerlar uchun yangi qulayliklar yaratdi.
Endi o‘zbek dehqoni o‘z dalasida yetishtirgan mahsulotini ichki va tashqi bozorlarda emin-erkin sotishi uchun qonuniy tizimga ega bo‘ldi. Meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy etildi. U qayta ishlash korxonalarini xomashyo bilan barqaror ta’minlash, ichki bozorni qishin-yozin uzluksiz to‘ldirish, zaxiraga g‘amlash, tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha talabdan kelib chiqqan holda shakllantirilmoqda.
Fermerlar bu kabi ulkan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilish borasida shartnomalar imzolamoqda. Shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkaziladigan 2016-yilgi ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish uchun Xalqaro meva-sabzavot mahsulotlari yarmarkasiga hozirlik ko‘rilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning joriy yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan. Shu asosda Fermerlar kengashining chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligini munosib kutib olishga qaratilgan tadbirlarda o‘tgan davr mobaynida yurtimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tobora ochilib, go‘zal bo‘lib borayotganini, xalqimizning kayfiyati, bugungi hayotdan roziligi, ertangi kunga ishonchini, barcha sohalarda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli ishlarimizning mohiyati va ahamiyatini vatandoshlarimizga yetkazishimiz lozim.

Sodiqjon Turdiyev,
O‘zbekiston Fermerlari kengashi raisi,
O‘zbekiston Qahramoni.