Mustaqillik solnomasi: 1995-yil(+video)
Mamlakatimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz tarixiga oid unutilmas voqea-hodisalarni o‘zida jamlagan "Mustaqillik solnomasi" loyihasining bu galgi soni 1995-yilga bag‘ishlanadi.
1995-yil 24-fevral. Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasi chaqirilib, Oliy Kengash rasman Oliy Majlisga o‘z vakolatlarini topshirdi.
1995-yil 26-mart. Prezident Islom Karimovning vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish to‘g‘risida umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Unda saylovchilarning 99,6 foizi uzaytirishni yoqlab ovoz berdi.
1995-yil 18–20-sentabr. Nukusda BMT homiyligida Orol dengizi mintaqasidagi ekologik muammolarga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya va boshqa mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lA7PMcsJNQs" title="Mustaqillik solnomasi: 1995 yil" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA