Munosabat

Mustaqillik o‘z-o‘zidan bo‘lgan emas. Uning ortida xalqimiz boshiga tushgan azob-uqubatlar, yo‘qotilgan huquq va erkinliklar, ma’naviyat va ma’rifat, ajdodlarimizdan to‘kilgan qonlar, besamar umrlar ko‘milgan.

Mustaqilligimizning 31 yilligi nishonlanadigan ayni damlarda o‘tgan kunlarimizga bir nazar solsak, qanday kunlarni ko‘rganimiz va qanday kunlarga yetganimiz ko‘z o‘ngimizda hujjatli filmlardek gavdalanadi. Va chuqur tin olib, Mustaqillik uchun, uning ne’matlari uchun shukr qilamiz.

Sakson-yuz yoshli otaxonu onaxonlardan o‘tgan asrning o‘rtalarida xalqimiz vakillariga bo‘lgan o‘ta shafqatsiz munosabatlar haqida, odamlar non o‘rnida kunjara, ovqat o‘rnida o‘t-o‘lan iste’mol qilganliklari, ohori ketmagan bitta kiyimni bir qishloq ahli to‘y-marakaga almashib kiyganliklari, xotin-qizlar, ayniqsa, bolalar og‘ir mehnatlarga zo‘ravonlik bilan tayoq va qamchilar zarbi ostida jalb qilinganligi xususida ko‘p eshitamiz.

"Shahidlar xiyoboni"ga borgan kishining “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ostonasiga qo‘ygan ilk qadamidan butun vujudini titroq egallaydi. Ha, shu titroq ostida Vatan qaramligi, o‘sha mudhish kunlar ovozini tinglaymiz, qadr-qimmati toptalgan ma’rifatparvar ota-bobolarimizning taslim bo‘lmagan nigohini ko‘ramiz.

Xalqimiz boshiga sovetlar davrida yog‘dirilgan balo-qazolardan nishonalar, istibdod azobidan umri xazon bo‘lgan, qatag‘onlar jabrini chekkan ulug‘ allomalar, arboblar, ziyolilar, hunarmandlar, oddiy dehqon va ishchi vatandoshlarimizning tortgan zulmini, hukmron mafkuraning maksadlari yo‘lida “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” degan niqob ortida amalga oshirilgan shafqatsiz qiynoq va tazyiqlar, toptalgan or-nomus, qadr-qimmat, ozodlik va erkinlik, tortgan azob-uqubatlariga keltirilgan dalillar har kimni Mustaqillik uchun shukr qilishga undaydi.

Hammamizga ma’lumki, 1991 yil 31 avgust milliy tariximiz o‘zanida tub burilish yasadi. Mamlakatimizda Mustaqillik e’lon qilindi. Xalqimizning asriy orzulari ro‘yobga chiqdi. Millatning g‘ururi, or-nomusi, sha’ni, qadr-qimmati tiklandi. Tilimiz, milliy va diniy urf-odatlarimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz o‘zimizga qaytdi. Har bir fuqaro o‘z orzu-umidlariga mos ravishda hayot kechirish, ozod va obod yashash baxtiga muyassar bo‘ldi. Mamlakat erkin nafas ola boshladi. Xalq qaramligiga nuqta qo‘yildi.

O‘zbekiston dunyo hamjamiyati orasida Mustaqil davlat sifatida o‘z o‘rnini egalladi va o‘tgan yillar mobaynida iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy jihatdan mustahkamlandi. Aholi ko‘z o‘ngida har tomonlama erishilayotgan yutuqlar mamlakatimiz qudrati yuksalib borayotganligidan, adolatli ijtimoiy davlat qaror topayotganligidan dalolatdir.

Ayniqsa, aholining sog‘lig‘ini saqlash, malakali va zamonaviy tibbiy xizmat turlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bajarilayotgan ishlar ko‘lami naqadar katta ekanligini inkor etib bo‘lmaydi.

Xuddi shunday, ta’lim-tarbiya sohasiga bo‘lgan e’tibor ham yuksaldi. Oliy ma’lumot olish uchun yoshlarimizga “ijod” maktablari, “Temurbeklar maktablari", Buxoro xalqaro matematika maktabi va boshqa maktablar mustahkam ta’lim poydevori vazifasini o‘tamoqda.

Prezident maktablariga, oliy o‘quv yurtlariga imtihon topshirayotgan yoshlarni ko‘rib, dili yayraydi, kishining. Oliy ta’lim muassasalari son va sifat jihatidan yil sayin kengayib borayotgani, kunduzgi ta’lim qatoriga kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim tizimlarining kirib kelganligi, bir abituriyent bir yo‘la oltitagacha oliy ta’lim muassasasi abituriyenti bo‘lish imkoniyatining yaratilishi, xotin-qizlar uchun berilgan imtiyozlar, ta’lim krediti, bir so‘z bilan aytganda, oliy ta’lim olishga bo‘lgan keng va teng sharoitlar hammaning og‘zida.

Xalqaro fan va sport olimpiadalarida, jahon chempionatlarida farzandlarimiz qo‘lga kiritayotgan shoda-shoda medallar ham Istiqlol ne’matidir.

Serquyosh, serjilo diyorimizning qay bir go‘shasiga bormang, beqiyos bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining guvohi bo‘lasiz. Mamlakatimiz ayni kunlarda ulkan qurilish va obodonlashtirish maydoniga aylangan. Bunyod etilayotgan yangi-yangi korxonalar, katta-katta ishlab chiqarish inshootlari, muhtasham ta’lim-tarbiya va sport saroylari xalq farovonligi uchun xizmat qilmoqda. Shahar ko‘rinishini olayotgan qishloqlarimiz soni oshib bormoqda. Bunday shiddatli taraqqiyotni ko‘rib, buyuk bobomiz Amir Temurning “Bizning kimligimizni bilmoqchi bo‘lsang, biz qurgan imoratlarga boq”, degan so‘zlari qulog‘imiz ostida jaranglaydi.

Ayniqsa, shahar va qishloqlarimizga ko‘rk berayotgan ijtimoiy inshootlar, namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan uy-joylar, dam olish maskanlari, istirohat bog‘lari, ravon ko‘chalar turmush tarzimizning naqadar yaxshilanib, hayotimiz farovonlashib borayotganidan dalolatdir. Eng muhimi, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida mamlakatimizda tinchlik va xotirjamlik barqaror, odamlar ruhiyatida ko‘tarinki kayfiyat hukmron.

Bunday muvaffaqiyatlarning bosh omili, avvalo, davlatimiz siyosatining insoniylik va ezgulik tamoyillari bilan uyg‘unligidadir. Binobarin, mamlakatimizda inson manfaatlari hamma narsadan ustun. Inson qadri ulug‘vor. Har bir insonning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati, turar joyi, mulki va boshqa daxlsiz huquqlari qonun himoyasida.

Shuni g‘urur bilan aytish mumkinki, mamlakatimizda tinchlik-totuvlik, inoqlik va ahillik hukm surayotgani, bunyodkorlik ishlari izchillik bilan davom etayotgani, barkamol avlod erishayotgan yutuqlar, sportchilarimiz zabt etayotgan shohsupalar, barcha-barchasi rivojlanish va taraqqiyot belgilaridir.

Ha, Mustaqillik – millat hayotidagi eng buyuk voqelik, asriy orzularimiz ro‘yobi. Uni mustahkamlash, qo‘z qorachig‘imizdek avaylab asrash, iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy asoslarini takomillashtirib borish, jamiyat hayotini doimiy ravishda rivojlantirishga hissa qo‘shish hammamizdan fidoiylikni, shukronalikni talab qiladi.

Zotan, Qur’oni karimda “Alloh sizni onalaringiz qornidan hech narsabilmaydigan holingizda chiqardi. U sizga quloq, ko‘zlar va dillarniberdi. Shoyadki, shukr qilsangiz” (Nahl” surasi, 78-oyat), deyilgan ekan, biz ko‘zlarimiz ko‘rib turgan, quloqlarimiz eshitib turgan, dillarimizni quvnatayotgan yutuqlarni inkor etsak, ko‘rib-ko‘rmaslikka, bilib-bilmaslikka olsak, gumrohlik bo‘ladi. Bu kunlarga, bunday imkoniyatlarga, yaratilgan sharoitlarga shukr qilmog‘imiz, shukronalik bilan yashamog‘imiz darkor.

Zero, Mustaqillik eng buyuk ne’mat. Uni ko‘z qorachig‘idek asrash esa barchamizning burchimizdir.

Abdukamol RAHMONOV,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik – shukronalik bayrami