Nurafshon shahridagi amfiteatrda Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan katta bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram dasturi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etdi. Uning bosh konsepsiyasi esa millatlararo totuvlik va xalqlar do‘stligiga bag‘ishlandi.

Asosiy maydon sahnasida viloyatning boy tabiati, osori-atiqalari, Olmaliq, Angren konlari, Chirchiq daryosi va Ugam-Chotqol tog‘ tizmalari naqshinkor shaklda aks etgan yaxlit tasviriy asar aks etdi. Unga orkestr va milliy sozandalar guruhi hamohang bo‘ldi.

Mehmonlar orasida el-yurt xizmatida bo‘lgan turli soha vakillari, nuroniylar, senatorlar, deputatlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda samarali mehnat qilayotgan insonlar bor.

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barchani eng ulug‘, eng aziz bayram bilan samimiy tabrikladi. Hududning mehnatkash va olijanob, ko‘p millatli, ahil inoq aholisi turli jabhalarda qo‘lga kiritgan yutuqlarni mamnuniyat bilan tilga oldi.

[gallery-19059]

– “Hamma narsa inson qadri uchun” bosh g‘oyasi ostida qishloqlarimiz tubdan o‘zgarib, yangi qiyofa kasb etmoqda, zamonaviylik kasb etib borayotgan shaharlarimizda kun sayin yangilanishlarga guvoh bo‘lmoqdamiz, – dedi Zoyir Mirzayev, – Jumladan, yil boshidan beri hududda 28 ta ko‘p qavatli 1 ming 327 ta xonadon foydalanishga topshirildi. Ayniqsa, viloyatimiz markazi bo‘lmish Nurafshon shahrida zamonaviy me’morchilikning so‘nggi yutuqlarini o‘zida mujassam etgan ko‘p qavatli uylar, zamonaviy binolar qurilmoqda.

Davlat byudjetidan ajratilgan 1,5 trillion so‘m mablag‘ hisobiga 17 ta sog‘liqni saqlash muassasasi, 45 ta maktab, 16 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi inshootlar qurilishi yakunlanish arafasida. Kichik biznes sub’ektlari tomonidan oxirgi besh yilda ularning viloyat iqtisodiyotidagi ulushi 51 foizga oshdi. Ahamiyatlisi shundaki, viloyat aholisining 74 foizi aynan shu sohada ish bilan band qilindi. Shu yilning o‘zida 274 ta shunday korxonalar yangitdan ochilib, chet ellik investorlar  tomonidan qariyb 900 million dollarlik investitsiya kiritildi.

Qayd etilganidek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z iqtidorlarini namoyon qilish uchun zarur sharoitlar yaratish borasida 6 ming gektar yer maydonlari ajratildi. O‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan o‘g‘il-qizlarga 102,5 milliard so‘m mablag‘ va bank kreditlari berildi. Maktab bitiruvchilarining 132 nafari kumush, 851 nafari oltin medal bilan umumiy o‘rta ta’limni bitirdi, 11 ming 278 nafari respublika oliy o‘quv yurtlari, 915 nafari esa xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilindi.

Sport sohasidagi yutuqlar esa bundan-da, salmoqli. O‘tgan davrda 134 nafar Osiyo, 227 nafar jahon va 2 ming 567 nafar respublika chempioni kashf qilindi. Ular tomonidan 935 ta oltin, 858 ta kumush va 1 135 ta bronza medali qo‘lga kiritildi. “Parij-2024” yozgi olimpiadasida ishtirok etuvchilar orasida Svetlana Osipova taekvondo bo‘yicha, Akbar Jo‘rayev esa og‘ir atletika sport turi bo‘yicha kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Ular Prezident Farmoniga binoan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi. Umuman olganda, bu kabi ko‘plab sohalarda sarhisob qilishga arzigulik ishlar salmoqli.

Bayram tantanasida Davlat madhiyasi yangradi. Barcha faxr va iftixor bilan madhiyamiz sadolariga jo‘r bo‘ldi. Shundan so‘ng asosiy konsert dasturi boshlandi. Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan iste’dodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar tomonidan katta sahnada 10 dan ortiq yangi qo‘shiqlarini ijro qildi.

Umuman olganda, Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami tantanalari joylarda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda.

A.Musayev, A.Alijonov(surat, video),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik shodiyonalari o‘ziga xos tarzda nishonlandi