Guliston davlat universitetida yangi o‘quv yili an’anaviy tarzda Mustaqillik darsi bilan boshlandi. Bu galgi mashg‘ulot “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Bo‘lar ekan-ku yoxud kechaning bugundan farqi nimada?” mavzusiga bag‘ishlandi.

Dars jarayonida professor, falsafa fanlari nomzodi Ravshanbek Mahmudov talabalarga yurtimiz mustaqilligi yo‘lida bosib o‘tilgan qiyin va sharafli sinovlar, milliy qadriyatlarimiz va ajdodlardan meros ma’naviy an’analar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, mustaqillik darslari faqat tarixiy voqealarni esga olish bilan cheklanmaydi, balki yoshlarning ongi va qalbida Vatanga muhabbat, xalq va millat oldida mas’uliyat hissini uyg‘otishga xizmat qiladi.

– Eng asosiysi, bu darslar yoshlar ongida mustaqillik – faqat davlat ramzlari yoki tarixiy sana emas, balki har bir inson hayotidagi faol harakatlar, to‘g‘ri qarorlar va mas’uliyat tuyg‘usi ekanini anglatishi lozim, – deydi professor.  – Yoshlar shu orqali “Bo‘lar ekan-ku” degan hayotiy tafakkurni rivojlantirib, kechaning bugundan nimasi bilan farq qilishini anglaydilar.

– Men uchun universitetdagi ilk mustaqillik darsi katta saboq bo‘ldi,  –  deydi birinchi bosqich talabasi Nizomiddin Meliyev.  –   Unda har bir fikr yuragimga joylashdi. Ayniqsa, mustaqillik – bu tarixiy sana emas, balki har birimiz uchun mas’uliyat ekanini angladim, – dedi u.

Dars yakunida talabalar bu kabi ma’rifiy suhbatlar ularni yangi O‘zbekistonni bunyod etishda faol fuqaro sifatida shakllanishlarida yordam berishini ta’kidlashdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik – sana emas, mas’uliyat