Mustaqillik el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lishi, qadr-qimmatini anglashi, munosib hayot kechirishi, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishi kabi keng imkoniyatlarni yaratdi. Jumladan, mustaqillik sharofati tufayli yurtimizda inson qadrini yuksaltirish hamda aholining farovon turmush kechirishini ta’minlash davlatning eng ustuvor vazifasiga aylandi.

Bu borada ayniqsa so‘nggi yillarda qator tizimli strategik islohotlar amalga oshirilmoqda:

Birinchidan, yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlarning asosini “Inson qadri uchun” tamoyili tashkil qilmoqda. Jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 1-moddasida ham “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” ekanligi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Zero, “inson qadri” tushunchasi “ijtimoiy davlat” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ushbu g‘oyaning tub negizida avvalo inson qadrini ulug‘lash, insonga xizmat qilishdek olijanob maqsad mujassamdir.

Ikkinchidan, mamlakatimizda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalar hajmini oshirish 
va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, «yashil» va raqamli iqtisodiyotga o‘tish orqali aholi farovonligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ahamiyatlisi, bunda mamlakatimiz aholisining asosiy qismi bo‘lgan yoshlarga ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, “Yosh tadbirkor – elga madadkor” tamoyili asosida qisqa muddatda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil qilinishi, ularda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, imtiyozli kreditlar ajratilishi fikrimizga misol bo‘la oladi.

Uchinchidan, insonning huquq va manfaatlarini ta’minlash, uning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish ichki siyosatning asosiy ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Xususan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda avvalo, “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish hamda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati, qonuniy ehtiyojlari va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash davlatning alohida diqqat markazida turganini ta’kidlash lozim. 

So‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda qariyb 350 ta qonun, O‘zbekiston Prezidentining ko‘plab farmon va qarorlari, milliy strategiya, konsepsiya va davlat dasturlari qabul qilindi. Ular orasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi, Barqaror taraqqiyot sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar, Gender tenglikka erishish strategiyasi, Millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosati konsepsiyasi, BMTning «Yoshlar-2030» strategiyasiga asoslangan davlatning yoshlar siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi alohida o‘rin tutadi.

Shu bilan birga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning institutsional mexanizmlarini mustahkamlash bo‘yicha muhim choralar ko‘rildi. Xususan, Biznes-ombudsman, Bola huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyati tubdan takomillashtirildi.

To‘rtinchidan, Yangilanayotgan va Uchinchi Renessansga qadam qo‘yayotgan Yangi O‘zbekistonni ta’lim-tarbiya, ilm-fansiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’lim-tarbiya tizimi haqida so‘z yuritib “Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan konseptual g‘oyani ilgari surgan edi.

Mazkur g‘oya asosida maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasini 27 foizdan 72 foizga, oliy ta’limda 
esa foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga ortdi. 

Shuningdek, sohada islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida 2026 yilga qadar Taraqqiyot strategiyasi doirasida maktabgacha ta’limda qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan 80 foizga yetkazish, mingdan ziyod yangi nodavlat MTTlarni tashkil etish, xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 
1,2 million o‘quvchi o‘rnini yaratish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
va Xorazm viloyatining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ijobiy amaliyotni 2023/2024 o‘quv yilidan qolgan barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etish rejalashtirildi. Shuningdek, oliy ta’limda qamrov darajasini 50 foizga, nodavlat OTMlar sonini kamida 50 taga yetkazish belgilab olindi.

Beshinchidan, ta’kidlash lozimki, mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqaro huquqning to‘laqonli sub’ektiga aylandi. Bugun O‘zbekiston jahon siyosiy maydonida o‘z o‘rni va ovoziga ega. O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng va to‘la huquqli a’zosi sifatida BMT, SHHT, MDH, YeHXT va IHT kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda. To‘la ishonch bilan aytish mumkin, aynan mamlakatimiz Rahbarining sa’y-harakati tufayli Markaziy Osiyo mintaqasi yaxlit organizm sifatida qayta kashf etildi va rivojlanmoqda. Mintaqa qiyofasi va imiji tubdan o‘zgarib, davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikka asoslangan mutlaqo yangi muhit shakllandi. 

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida tinchlikparvar, murosa va hamkorlikka asoslangan siyosatni amalga oshirib kelmoqda. Shu ma’noda, mamlakatimizning mustaqilligi xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, erkin tafakkur asosida yashash, milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish kabi jihatlarga asoslanadi. Bu esa, o‘z navbatida, butun xalqimizni Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek oliy maqsad yo‘lida birlashtirib, yangi yutuq va marralar sari yetaklashi shubhasiz.

M.Raximov

SMTI bosh ilmiy xodimi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik har bir xalqning muqaddas orzusi