Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

O‘zbek xalqi uchun mustaqillik ko‘p yillar davomida intiqlik bilan kutilgan, ozod Vatan qurish sari qo‘yilgan tarixiy qadam, farovon hayot va chegaralar daxlsizligi timsoli, erkin taraqqiyot yo‘lidagi bebaho ne’matdir. 

Dunyoda O‘zbekiston Respublikasining rasman mustaqil davlat sifatida tan olinishi 1991 yilda yuz berdi va bu sana yurtimiz taqdirida tamomila yangi davrni boshlab berdi. Mustaqillikning huquqiy poydevori esa 1992 yilda qabul qilingan Konstitutsiya orqali mustahkamlandi. 

So‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” mustaqillik g‘oyasini mazmunan boyitdi. Inson qadri, adolat va qonun ustuvorligi kabi tamoyillar asosida yangi davlat boshqaruvi modeli shakllantirildi, iqtisodiyot diversifikatsiya qilindi, infratuzilma yangilandi, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi xalqaro standartlar asosida tubdan isloh etildi. 

Tarixiy tajribaga ko‘ra, rivojlangan davlatlar o‘z taraqqiyotini birinchi navbatda ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy bilim va texnologiyalarni joriy etish orqali ta’minlagan. Ushbu haqiqatni anglagan jadidlar harakatining yirik namoyandasi Abdulla Avloniy “Ta’lim yo hayot, yo mamot, yo halokat, yo saodat masalasidir”, deya aniq ifoda etgani, bejiz emas. 

Millat istiqboli va mamlakatning iqtisodiy-ma’naviy qudrati yosh avlod tarbiyasi, qanday ta’lim olishiga bevosita bog‘liq. Shu bois davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonda ta’limga ustuvor ahamiyat qaratilib, u zamonaviy taraqqiyotning asosiy sharti, jadidlar orzusining amaliy ro‘yobi etib belgilandi. 

Ya’ni ulkan institutsional islohotlar samarasida oliy ta’lim tizimi tubdan yangilanmoqda. Jumladan, OTMlarga moliyaviy va akademik erkinliklar berilmoqda, talabalar qamrovi kengayib, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar joriy etilmoqda, ta’lim sifati xalqaro standartlar asosida baholanmoqda.

Darhaqiqat, bugun dunyo bilan integratsiyalashmay turib, taraqqiyotga erishish qiyin. Mustaqil taraqqiyot sharoitida fan va ta’limning iqtisodiyot bilan integratsiyasi yanada mustahkamlandi. Ilgari sanoqli bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari o‘rniga sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan, texnologik va ilmiy-innovatsion rivojlanishni ta’minlaydigan zamonaviy universitetlar tizimi shakllantirildi. 

Oliy ta’lim muassasalari faqat diplom taqdim etuvchi emas, balki ilmiy-intellektual taraqqiyot, innovatsiya va raqobatbardosh kadrlar salohiyatini yuksaltiruvchi, ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan amaliy strategik markazlarga aylanmoqda.

Yangi O‘zbekiston sharoitida ta’lim endi ichki modernizatsiya ob’ekti emas, balki global ta’lim hamjamiyati bilan to‘liq integratsiya jarayoniga qo‘shilgan strategik vosita bo‘lmoqda. Xalqaro universitetlar bilan qo‘shma dasturlar amalga oshirilib, akademik mobillik kengaydi, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi izchil yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Milliy universitetlar xalqaro nufuzga ega sherikka aylanib, rektorlar forumlari, ta’lim sammitlari va akademik konferensiyalar doimiy ravishda o‘tkazilmoqda. Bunday institutsional jarayon O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ilmiy va ta’limiy nufuzini mustahkamlab, bilimlar eksportini rag‘batlantirmoqda.

Aytish mumkinki, mustaqillikning haqiqiy mazmuni o‘z resurslari va imkoniyatlariga tayana olgan, innovatsiya va zamonaviy bilimlarga asoslangan milliy taraqqiyotda. 

Shu ma’noda maktabgacha ta’lim tizimida qamrov 2016 yildagi 27 foizdan 2024 yilda 76 foizga yetdi, bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘laqonli rivojlanishi, ularni erta ta’lim jarayoniga jalb etish va zamonaviy pedagogik metodlar asosida tarbiyalash uchun mustahkam zamin yaratdi. 

Oliy ta’lim qamrovi esa 2016 yildagi 9 foizdan 2024-2025 o‘quv yiliga kelib 43 foizga yetdi, bu esa yoshlar uchun akademik va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari keskin kengayganidan dalolat. 

Muxtasar aytganda, mustaqillik xalqning ma’naviy ehtiyoji va milliy abadiyligini ta’minlash bilan birga, Yangi O‘zbekistonning global taraqqiyot jarayonlarida munosib o‘rin egallashi uchun strategik va mafkuraviy asosdir. 

Ayni jarayonlarni o‘ziga jamlagan holda, inson qadrini ulug‘lash g‘oyasi va Prezidentimiz ilgari surgan “Inson qadri uchun” tamoyili ta’lim siyosatida amaliy ifodasini topmoqda. 

Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV

O‘zbekiston Respublikasi 

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik, bu – o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimiz ruhi bilan yashash