Kamronbek bu yil 1- sinfga qadam qo‘yadi. U har kuni ayasiga “Maktabga borishimga bugun nechchi kun qoldi?” deya savol beradi. Ayasidan nechchi kun qolganini bilgach, jajji barmoqchalari bilan kunlarni ayiradi. Axir, bu yil u ikkita bayramni nishonlaydi. 1 sentyabr –mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasi hamda ilk maktabga qadam qo‘yadigan kunlarni u orziqib kutyapdi.

— Ayajon, mustaqillik bayramiga chiqamizmi?  –So‘raydi oshxonada kuymalanib yurgan ayasiga  mittigina ko‘zchalarini xavotirona tikib.

— Ha, bayramga boramiz bolam, tumanimiz markazidagi o‘yingohda, istirohat bog‘ida, madaniyat saroyida katta sayl bo‘ladi, konsertlar uyushtiriladi.

— Niqob taqib boramizmi?– So‘raydi o‘sha kunlar shukuhini qalbida aks ettirib.

— Albatta, bolajonim, niqob taqib, karantin qoidalariga rioya qilgan holda bayramga boramiz.

Bugun nafaqat Kamronbek, balki bunday savollarni yurtimizdagi millionlab bolajonlar ota-onasiga berishyapdi. Axir mustaqilligimizning 30 yillik yubiley to‘yiga ham sanoqli kunlar qoldi. 30 yil bir yigit umrining ayni kuch-qudratga to‘lgan, bir qiz hayotining yangi hayotga qadam tashlangan pallasi. Ota-onalarimizning tabarruk yoshlariga guvoh bo‘lishimizga imkon yaratgan, ularning shukrona kunlarini quvonch va shodonlik ruhida o‘tkazishimizga imkon bergan yillar. Yangi oila qurganlar uchun muhabbat qo‘shig‘ini yangi uylarda kuylashga sharoit berilgan palla. Talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan yigit-qizlarga esa bilim cho‘qqilarini egallashlariga yangi marralar sari zinapoyalar qurilgan kun bu kun. Menga, sizga tinchlik va osoyishtalik, xotirjam yashash baxtini bergan kun BU KUN.

Bayramni xalqimiz yaxshi kayfiyatda hamda sog‘lik-salomatlikda o‘tkazishini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan  bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlarda, shuningdek, tashkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarda niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotlariga rioya etilish talabi qo‘yildi.

O‘zini asraganni Olloh asraydi, deb bajiz aytishmagan. Bolajonim, sen aslo xavotir olma. Egningga yangi liboslaringni kiyib, jajji qo‘lchalaringga bayroqchalar ushlab, yaqinlaring qo‘lidan tutib, bayram sari otlan. Mitti yuraging xalqning orasida yashab, shodiyonalik shukuhini his etsin. Vatan qadrini, o‘zbekning esa bo‘y-bastini ko‘r bolam. Sening baxting mana shunday tinch-farovon yurtda tug‘ilganingdadir. Shaxdam qadamlar tashlab maktabingga bor. O‘qi, o‘rgan, shu yurtning koriga yaraydigan inson bo‘lib kamol top. Hech narsadan cho‘chima bolajonim. Chunki sening ortingda O‘ZBEKISTON turibdi.  

Nigora Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik – bu bizning kunimiz,bizning bayramimiz