Bu – hindistonlik, germaniyalik, turkiyalik, rossiyalik va amerikalik O‘zbekiston do‘stlarining samimiy e’tirofi

Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi bayramini nafaqat xalqimiz, balki O‘zbekistonimizning do‘stlari ham keng nishonlamoqda. 

Prezidentimiz nomiga davlat va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari tomonidan kelayotgan samimiy qutlovlar ham buni tasdiqlaydi. Bu yilgi istiqlol shodiyonasi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bunyod etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilgani bilan ham ko‘pchilikning yodida qoladi. Bog‘ markazida Mustaqillik monumentining ochilishi hurriyat ayyomiga yanada o‘zgacha mazmun-mohiyat, fayz ato etdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqi yana bir bor Vatan ozodligini, qadr-qimmatini har birimizga anglatdi. Mamlakatimiz rahbarining nutqi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xalqaro ekspertlar, xorijlik taniqli olimlar tomonidan ham qizg‘in kutib olindi. 

bugungi kunda Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan chet ellik ilm-fan namoyandalari ham mazkur tarixiy nutq haqida o‘z-fikr mulohazalarini bildirmoqda.

Ravinder GARGISH (Hindiston), Osiyo ingliz tili fani o‘qituvchilari assotsiatsiyasi prezidenti, Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasi mudiri, professor, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni sohibi:

         - O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligini o‘zbek xalqi bilan birga kutib olganimdan g‘oyat baxtiyorman. Samarqand davlat universitetida 3 yildan buyon ishlayman. Faoliyatim davomida o‘zbek xalqini yaqindan o‘rgandim, qalbini angladim. Qadimiy madaniyatga ega xalqingiz butun dunyoga ulug‘ ma’rifatparvarlarni bergan. Bu xalqqa mansub olimlar dunyo ilm-fanida tub burilish yasagan, ilg‘or maktablarga asos solgan. Bu bilan o‘zbek xalqi har qanday tahsinga, e’tirofga, e’zozga loyiq.

         Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabrigida quyidagi fikrlarni ilgari surdi: “Hindiston va O‘zbekistonni chuqur, tarixiy va sivilizatsion aloqalar bog‘lab turadi. O‘tgan yillar mobaynida ikki tomonlama munosabatlarimiz bir necha sohalarni qamrab oldi. Axborot texnologiyalari, kosmos, atom energetikasi, rivojlanish uchun sheriklik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan va texnika hamda madaniyat shular jumlasidan. Bizning strategik sherikligimiz ko‘p qirrali aloqalarimizni yanada diversifikatsiya qilish va kengaytirishga qaratilgan”. 

         Xalqlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik yanada mustahkam bo‘lishini istayman. Bir ziyoli sifatida hamkorlikka o‘z hissamni qo‘shishga intilmoqdaman. 

         Prezident Shavkat Mirziyoyev ilm-fanga, yoshlar tarbiyasiga, olimlarga juda katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatmoqda. Chet tillarini o‘qitish borasidagi davlat siyosati alohida e’tirofga sazovor. Hech qaysi mamlakatda O‘zbekistondagidek ta’limning barcha bo‘g‘ini baravar rivojlanayotgani yo‘q. Ishonamanki, O‘zbekiston ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti bo‘yicha Osiyoning eng kuchli davlatlaridan biriga aylanadi. Buning uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. 

         O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bayrami tantanalarini tomosha qildim, Prezident nutqini eshitdim. Shavkat Mirziyoyevning mana bu fikrlari meni juda to‘lqinlantirib yubordi: “Agar biz ta’limni o‘zgartirsak, ta’lim insonni o‘zgartiradi. Inson o‘zgarsa, butun jamiyatimiz o‘zgaradi”. Men hayotini ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlagan, jahon ilm-fanidan xabardor inson sifatida, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu fikrlari dunyoning har bir ta’lim dargohi peshtoqiga yozib qo‘yilishini istardim. Haqiqatan ham, ta’limni o‘zgartirsak insonni, jamiyatni o‘zgartira olamiz. Bu purma’no so‘zlar nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun dunyo uchun ham shart va zarurdir. 

Volfgang PETTROFF, Germaniyaning Gyottingen, AQSHning Missuri universitetlari maslahatchisi, professor:

         – O‘zbekistonga ilk bor 1998 yilda kelgan edim. Shundan so‘ng 2007 yilda yana yurtingizga tashrif buyurish imkoniyati paydo bo‘ldi. Uchinchi safarim O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik bayramiga to‘g‘ri keldi. Do‘st xalqning bayrami – bizning ham bayramimiz. Mustaqillik har bir xalq uchun eng oliy ne’mat. Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik hamkasblar bilan muloqot davomida shunga amin bo‘ldimki, O‘zbekiston ta’lim tizimi butunlay yangilanish bosqichida ekan. Bu Vataningiz tanlangan yo‘l to‘g‘ri ekanidan dalolat. Agar insoniyat butun dunyoda bir xil ta’limga erishganda edi, taraqqiyot yanada yuksak bo‘lardi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta’lim sohasidagi strategiyasi alohida e’tiborga sazovor. Buni e’tirof etish kerak. Birgina mana bu raqamlarni olaylik: keyingi 5 yilda O‘zbekistonda 64 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilibdi, qabul kvotasi 3 baravar oshirilibdi. Eng muhimi, islohotlar to‘xtab qolgani yo‘q. Shiddat bilan davom etmoqda. 

         XXI asrda ilm-fan mamlakatlar kuch-qudratini belgilovchi bosh omilga aylandi. Ilm-fan insoniyat kelajagini qanday bo‘lishini ko‘rsatib bermoqda. Dunyoning eng rivojlangan davlatlarida ham bugun ta’lim tizimiga, ilm-fanga mislsiz mablag‘lar ajratilyapti. Buning natijasida taraqqiyotda turli darajalar paydo bo‘la boshladi. Qayerda olim e’zozlanmasa, ilm qadrlanmasa, o‘sha jamiyat tanazzulga yuz tutadi. 

         Meni quvontirgani, O‘zbekiston rahbari tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosati tufayli Samarqand davlat universitetining o‘zida ko‘plab mamlakatlardan kelgan ilm-fan namoyandalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu hamkorlik va tajriba almashinuv ijobiy natijasini berishiga ishonaman. Bir oy davomida Samarqand davlat universitetining agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti talabalariga qurg‘oqchil mintaqalarda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, iqtisodiy o‘sishni tashkil etish va ekologik xavfsizlik mavzularida ma’ruzalar o‘qiyman.

Bayram BILIR (Turkiya), Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi doktoranti:

         - Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqini diqqat bilan tingladim. O‘zbek va turk xalqlari bir-birini tarjimonsiz tushunadi. Men ham nutqni mazmun-mohiyatini chuqur angladim, tahlil qildim. O‘zim uchun juda ko‘p g‘oyalar oldim. 

         Meni nutqning mana bu qismi o‘ziga tortdi: “2019 yilda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga to‘la huquqli a’zo bo‘ldik. Bu mamlakatimiz uchun xalqaro maydonda yangi iqtisodiy, siyosiy va madaniy imkoniyatlar ochib berdi”. To‘g‘risini aytish kerak, Turkiy kengashni O‘zbekistonsiz, uning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmasdi.

O‘zbekistonning nafaqat Turkiya, balki Markaziy Osiyodagi qardosh, qondosh mamlakatlar bilan ham aloqalarida murakkab davrlar bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosati tufayli bu muzlar eridi. O‘zbekiston yana jahon hamjamiyatining diqqat markazidagi mamlakatga aylandi. Nutqda ta’kidlanganidek, bugun jahon siyosatshunosligida “Markaziy Osiyo ruhi” degan ibora paydo bo‘ldi. 

         Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Mustaqillik bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan samimiy tilaklar fikrimiz dalilidir: “Do‘st va qardosh O‘zbekiston Respublikasi Siz, Janobi Oliylari boshchiligida amalga oshirilgan islohotlar ta’sirida farovonlik va barqarorligini oshirib, mintaqaning tinchligi va ravnaqiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Turkiya va turk xalqi O‘zbekistonning va o‘zbek birodarlarining bu sa’y-harakatlarida kecha bo‘lganidek, bugun ham ertaga ham yelkadosh bo‘lishda davom etadi”.

Tarix uchun qisqa keyingi 5 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston turk dunyosi birlashishida, hamkorlik, do‘stlik, qardoshlik aloqalari yanada mustahkamlanishida muhim o‘rin egallamoqda.

Bir paytlar Mirzo Ulug‘bek madrasasi – Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatgan olimu mudarrislar Istanbulga borib, Usmonli turklar davlatining oliy ta’lim tizimiga asos solgan bo‘lsa, bugun tarix takrorlanmoqda, o‘zaro aloqalar mustahkamlanmoqda. Ilmiy va ijodiy hamkorlik tiklanmoqda. Men Samarqand davlat universiteti doktoranturasida ta’lim olib, turk va o‘zbek tillari tarixini tadqiq etyapman.

         Bugun O‘zbekiston muhim tarixiy jarayonni boshidan kechirmoqda. Bu ta’lim islohotlaridir. Prezident Mirziyoyevning ochiqlik siyosati tufayli O‘zbekiston butun dunyoga eshiklarini ochdi. Ishonamanki, xalqaro tajribani o‘rganish, jahon ilm-faniga integratsiyalashish o‘zining ijobiy natijalarini beradi. O‘zbekiston ilm-fani qadim shon-shuhratini tiklaydi.

Viktor ZIKRATOV (Rossiya), Oltoy davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi:

         – O‘zbekistonda bugun ilm-fanning barcha sohalarida rivojlanish jarayoni kechmoqda. Birgina misol, Samarqand davlat universiteti bilan Oltoy davlat universiteti o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik  amaliy ishlarga ko‘chdi. Men bir yil davomida Samarqand davlat universitetida talabalarga rus tili va adabiyotidan dars o‘taman. Shuningdek, doktorant va mustaqil tadqiqotchilarga ilmiy maslahatchilik qilaman.

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bayrami o‘tayotgan kunlarda Samarqandga keldim. Do‘stlarimizning quvonchiga sherik bo‘lganimdan g‘oyat xursandman. Chet ellik hamkasblar bilan muloqotda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqi haqida ham fikrlashdik.

Bugun O‘zbekistonda yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash jarayonini tubdan yangilash va yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgan ekan. Bu ta’lim tizimi islohotlarida juda muhim o‘rin tutadi. Mazkur jarayon butun mamlakat bo‘ylab ustuvor bo‘lsa, rivojlanish ham o‘z-o‘zidan yuz beradi. Prezident nutqida ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda bugun yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish 2016 yildagi 9 foizdan, 28 foizga yetkazilibdi. Bu shuni ko‘rsatadiki, ilm olaman degan yoshlar uchun imkoniyat mavjud. Bu yangi gap bo‘lmasa ham, yana bir bor takrorlashning zarari yo‘q. 

Ilm-fan, hamkorlik, o‘zaro aloqa, tajriba almashish orqali taraqqiy etadi. Birgina Samarqand davlat universitetida Amerika, Hindiston, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi yana o‘nlab mamlakatlardan olimlar kelib, talabalarga dars berayotgani ilmiy izlanishlar olib borayotgani e’tiborga sazovordir. 

Anna HEDRICH (AQSH), Yuta universiteti:

– Mustaqillik bayramini Samarqand davlat universitetida kutib oldik. Hamkasblarim bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini tingladim. Keyingi besh yilda O‘zbekistonda keng qamrovli islohotlar olib borilgani e’tiborimni tortdi. Bu e’tirofga loyiq. SamDUga  xizmat safariga kelganman. Asosiy maqsadim, professor-o‘qituvchilarga xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish yo‘llarini ko‘rsatish, xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha maslahatlar berish.

         Samarqand menda juda ham yoqdi. O‘zbek xalqi g‘oyatda samimiy, mehmondo‘st ekan. Bu ayniqsa, Mustaqillik bayrami kunlarida yanada namoyon bo‘ldi. Men o‘zbekistonlik do‘stlarimni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladim, ular ham meni qutlashdi. 

         O‘zbekistonda kutubxonachilik sohasiga katta e’tibor qaratilayotgan ekan. Samarqand davlat universitetida ulkan kitob fondiga ega kutubxona borligi meni hayratlantirdi. Ayniqsa, tarixiy qo‘lyozmalarning mavjudligi va yaxshi saqlanayotgani e’tiborga sazovor.      

Mustaqillikning 30 yilligi tarixiy voqea. O‘zbekistonda qisqa davr ichida juda ko‘p yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bu jarayon davom etmoqda. Bayram tadbirlari o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ham juda chiroyli. Toshkentga borsam, albatta, bog‘ va Mustaqillik monumentini ziyorat qilaman. 

Farrux HAMROEV, 

Samarqand davlat universiteti 

Axborot xizmati rahbari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mustaqillik bayramini Samarqand davlat universitetida kutib oldik”