Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, 2025 yil 5 may kuni tonggi 6:10 da “Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda yana bir bor gaz bosimi ortishi oqibatida kuchli fontanlanish sodir bo‘lgan.

Gaz tarkibidagi yuqori miqdordagi vodorod sulfidi sababli, uning keng tarqalishini cheklash maqsadida oqim nazorat asosida yoqib yuborildi. Hozirda hududda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

Hodisa joyi maxsus xizmatlar tomonidan o‘rab olingan bo‘lib, vaziyat O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va neft-gaz favvoralarini bartaraf etishga ixtisoslashgan harbiylashtirilgan mutaxassislar nazoratida turibdi. Aholi uchun hozircha hech qanday xavf mavjud emas.  

Ma’lumot o‘rnida, 2025 yil 27 mart kuni ham mazkur quduqda shunga o‘xshash holat kuzatilgan edi. O‘sha paytda ham ekologik barqarorlikni saqlash maqsadida gaz yoqib yuborilgan. 22 aprel kuni esa quduqda texnikaviy muammo tufayli fontanlanish to‘xtagan va sust oqim qayd etilgan.  

Hozirgi paytda avariya oqibatlarini bartaraf etishda xalqaro mutaxassislar ham jalb etilgan. Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etib boriladi, deyiladi xabarda.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Mustaqillik-25" konida xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda