Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkaziladi
Kecha “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–222-son) qabul qilindi.
Qaror bilan mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha bir necha yo‘nalishlarda vazifalar belgilab berildi:
- milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlash;
- Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkazish;
- Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlash;.
- “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish belgilandi.