10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Dunyoda qo‘shiqlar, musiqa va ohanglar ko‘p. Lekin umrini, hayotini, taqdirini shu aziz tuproq bilan chambarchas bog‘lagan, buyuk avliyo-ajdodlari shu zamindan mangu makon topgan, farzandlari kelajagi, istiqbolini shu diyorda ko‘rgan hamyurtimiz borki, ularning bari uchun eng ardoqli, mo‘’tabar qo‘shiq bor. Bu O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasidir.  

Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonuni bilan tasdiqlangan.  

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.  

O‘zbekistonimizga bag‘ishlangan ushbu muazzam, muhtasham qo‘shiq bugungi kunda eng mo‘’tabar tadbirlarda, xorijiy davlatlarning rahbarlari mamlakatimizga kelgan paytlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga davlat tashrifi chog‘ida, jahondagi eng nufuzli xalqaro musobaqalarda yangraydi.  

Qonunga ko‘ra, madhiyamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish chog‘ida — u qasamyod qabul qilganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi sessiyalarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarining ochilishi hamda yopilishi chog‘ida, O‘zbekiston Respublikasida nishonlanadigan umummilliy bayramlarga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishlar va majlislarning ochilishida, davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyalari tomonidan har kuni — ko‘rsatuv va eshittirishlar boshlanishidan avval va tugaganidan so‘ng, ko‘rsatuv va eshittirishlar kechayu kunduz olib borilganida esa soat 6:00da va soat 24:00da, yangi yil kechasida — soat 24:00da yangraydi.  

Shu bilan birga, respublika hayotidagi muhim tarixiy voqealarni nishonlash yuzasidan, atoqli siyosiy, davlat, harbiy arboblar, xalq qahramonlari, fan, adabiyot va san’at arboblari sharafiga o‘rnatilgan haykallar, shuningdek monumentlar, yodgorliklar va boshqa inshootlarning ochilishi chog‘ida, davlat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan marosimlar va boshqa tantanali tadbirlar vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini ko‘tarish chog‘ida, rasmiy safar bilan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarini kutib olish va kuzatishda — tegishli xorijiy davlatning davlat madhiyasi ijro qilib bo‘linganidan keyin ijro etiladi.  

Jonajon madhiyamiz harbiy marosimlarni o‘tkazish vaqtida — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq yangraydi. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida — yangi o‘quv yili boshlanishi va o‘quv yili tugashiga bag‘ishlangan tanatanali tadbirlarda O‘zbekistonimizning bosh qo‘shig‘i ijro etilishi yosh avlod qalbida vatanparvarlik, yurtga sadoqat, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Ayni damda bolalar, yoshlar mamlakatimizning bosh qo‘shig‘ini o‘ta samimiy, beg‘ubor, yurakdan, o‘zgacha mehr va ehtirom, cheksiz g‘urur bilan kuylashini ta’limga oid tantanali tadbirlarda har safar guvohi bo‘lish mumkin.  

Madhiyamiz mamlakat hayotidagi muhim siyosiy voqelik – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari yoki referendum kunlari — ovoz berish o‘tkaziladigan binolarda soat 8.00 da ijro etiladi.  

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta’minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ham jarang sochadi.  

O‘zbekistonning bosh qo‘shig‘i nima uchun bu qadar dilga yaqin, qadrdon va xalqchil? Sababi ustoz  ijodkorlarimiz – O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, atoqli bastakor Mutavakkil Burxonov uning har bir so‘zi, ohangi, so‘z va taronaning o‘zaro uyg‘unligi ustida zargarona mehnat qilgan. U yangraganida qalblar faxrga to‘ladi. Bu ezgu qo‘shiq yurt taqdiri, nurafshon, ozod va obodligi, ravnaqi, farovonligi, farzandlar kelajagi uchun mas’uliyatga, mudom ogohlikka chorlaydi!  

Darhaqiqat, madhiyamiz  ajdodlarimizning orzusi, mehridaryo xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini, ona-Vatanimizning taraqqiyot odimlarini, hayotbaxsh maqsadlarimizni o‘zida mujassam etgan mo‘’tabar, muazzam, muhtasham, mangu  qo‘shiqdir!  

Nazokat Usmonova,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqil yurtimning mangu qo‘shig‘i