Oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, o‘quv jarayonida talabalarda tashkilotchilik qobiliyati, kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish zamon talabi hisoblanadi.

Mustaqil ta’lim talabalarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘z tadqiqotlarini tengdoshlari bilan muhokama qilish orqali tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari ham rivojlanadi. Talabalar fanga tegishli bilimlarni 40-50 foizini bevosita mustaqil o‘rganish orqali o‘zlashtiradi. Mustaqil ta’lim o‘quvchilarga tabaqalashtirilgan topshiriqlar berish imkonini ham beradi. 

Mustaqil ta’lim individual yondashuv, akademik tanlovning xilma-xilligi bilan talabani ko‘proq jalb etadi. Mustaqil izlanish natijasida turli manbalar bilan tanishish talaba dunyoqarashi rivojlanishiga xizmat qiladi. Tashabbuskorlik ko‘nikmalari shakllanadi. Shuningdek, mustaqil o‘qish muammolar yechimi bo‘yicha jamoaviy muhokamalarda  yetakchi mavqeni egallash uchun zamin yaratadi. AQSHda talabalar ishlab chiqilgan  mustaqil ish natijalari amaliyotda foydalanilganlik darajasi inventarizatsiya qilinadi. Shuningdek, “keyslar to‘plami usuli” keng foydalaniladi. Mazkur metod pedagogik bilimlarni  o‘qituvchi tomonidan qanday qo‘llanilishi va mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi. Ushbu o‘qitish usullarini amalga tatbiq etishdan maqsad, talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishdir. 

Oliy ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ilmiy tadqiqot universitetlari modeliga o‘tish va ilmiy tadqiqot olib borishga e’tibor qaratilgan. AQSH universitetlari hozirgi kunda yirik loyihalarini amalga oshirmoqda. Ular turli fondlar va byudjet tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, turli xil ishlab chiqarish korporatsiyalari bilan yaqindan bog‘langan. Germaniya, Yaponiya, Fransiya va boshqa sanoati va intellektual bilimlari rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro samarali aloqadorligi professional ta’lim tizimini ustuvor va foyda keltiruvchi iqtisodiy tarmoqqa aylantirgan. Buyuk Britaniyada esa mustaqil ta’lim tizimidan foydalanib bilim olishga qiziqish 39,7 foizni tashkil etadi. Bu professor o‘qituvchiga ham mas’uliyat yuklaydi. Talabani tajribalar o‘tkazishga qiziqtiradi.

Rossiyadatalabalarning mustaqil ta’limni amalga oshirishga motivatsiyaning kamligi, bajarilgan mustaqil ta’lim natijalariga e’tiborsizlik, mustaqil ta’lim xajmi bo‘yicha tizim mavjud emas. Talabalar mustaqil ta’limni asosan fan o‘qituvchisi bilan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari davomida tayyorlaydi. Bu talabaning to‘laqonli mustaqilligini ta’minlamaydi. Talabalarning mustaqil o‘rganishga motivatsiyasi kamligi eng avvalo u kelajakdagi kasbiy faoliyat bo‘yicha yakuniy to‘xtamning mavjud emasligi natijasida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy faoliyatga tayyorlanish uchun ehtiyoj kam. Ayniqsa, birinchi kurs talabalari mustaqil ta’lim haqida ma’lumotga ega emas. Buning asosiy sababi esa umumta’lim maktablarida mustaqil ta’lim haqida fundamental tushuncha berilmasligi bilan bog‘liq. Mustaqil ta’limga psixologik tayyorgarlikning yo‘qligi, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalarining yetishmasligi, o‘quv fanlariga kognitiv qiziqishning mavjud emasligi asosiy muammolardandir.

Mustaqil ish mavzulari aniq tadqiqot yoki muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ammo bugungi kunda fanlar bo‘yicha mustaqil ish mavzulari maqsadsiz yoki ma’lum muammoni hal qilishga yo‘naltirilmagan. Shuningdek, talabalarning xorijiy tilni o‘zlashtirish darajasi pastligi soha bo‘yicha eng so‘ngi ma’lumotlardan uzilib qolishga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, talabalarda akademik tadqiqot ishi tayyorlash bo‘yicha bilim bakalavr davrida berilmaydi. Bu esa ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish ko‘nikmalariga salbiy ta’sir qilmoqda. Mustaqil ish mavzularini berishda talabaning psixologik va fiziologik imkoniyatlarini ham inobatga olish lozim. Mustaqil ishni baholash tizimida ham muammo mavjud. Shu bilan bir qatorda teskari aloqa tizimi yetarli darajada ishlamaydi. Ya’ni talaba tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda o‘qituvchi va talaba faoliyati ko‘zga tashlanmaydi. O‘qituvchining vazifasi talabani baholash bilan yakunlanadi. Bu esa talabaning motivatsiyasini o‘ldiradi. 

Mustaqil ish nafaqat talaba, balki o‘qituvchini ham ishlashiga olib kelishi lozim. O‘qituvchi faqat shaxsiy tajribasi yoki bilimlari doirasida emas, balki fanning dolzarb masalalari to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Individual nostandart topshiriqlar ya’ni kazus texnologiyasining ta’lim tizimiga to‘liq joriy etilmaganligi mustaqil ta’lim samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda. Xulosa chiqarish va uni tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar yetishmaydi.

Mustaqil ta’lim samaradorligini oshiruvchi yagona yo‘l uning bevosita kasbiy faoliyat bilan bog‘lash hisoblanadi, kasbiy faoliyatda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarga talabalarni chiniqtirish zarur. Ammo mustaqil ishni bajarishga zaruriy fundamental adabiyotlar yetishmasligi, o‘qituvchilarning mustaqil ish uchun faqat umumiy masalalarni belgilash davom etmoqda. O‘quv jarayonida mustaqil ishni bajarish davomida  olingan bilim kasbiy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkonini beradi.

Fan yuzasidan baholash mezonlari mustaqil ta’lim samaradorligiga va amaliyotga joriy qilish darajasiga qarab belgilanmagan. Mustaqil ta’limni baholash va topshiriqlarni sifatli darajada qabul qilishga o‘qituvchilar mas’uliyatsizlik bilan yondashadi. Mustaqil ta’limni baholashda o‘qituvchi talabaning faqat konspektiga yoki asosan og‘zaki javobiga e’tibor qaratadi. Buning asosiy sababi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 26 sentyabrdagi 3069-sonli buyrug‘ida mustaqil ta’lim reyting tizimi tarkibida ma’ruza o‘qituvchi yoki seminar o‘qituvchi tomonidan olinishi qat’iy belgilanmagan. Amalda bu joriy nazorat davrida seminar o‘qituvchi tomonidan olinadi. Qarorning 15-bandida baholash mezoni ko‘rsatilgan. Ammo ushbu mezon talabani bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishgagina xizmat qiladi. Mustaqil ta’lim tizimining huquqiy mexanizmi ham aniq emas. Aslida xar bir soha yo‘nalishidan kelib chiqib, baholash mezonlari individual ishlab chiqilishi lozim. Birgina pedagogika yo‘nalishi talabalariga o‘qituvchi kasbiga qo‘yiladigan talablar, ko‘nikmalar, qadriyatlar, kompetentlik ham boshqa kasblardan farqli ekanligini hisobga olish lozim. Ushbu baholash mezoni bugungi kun talablariga javob bermaydi. Talaba bilimi va ko‘nikmalarini xorij tajribasini inobatga olgan holda alohida baholash mezonlari yo‘q. Eng asosiysi esa mustaqil ta’limni nazorat qilish mexanizmi ko‘rsatilmagan. 

O‘quv yuklamasida mavjud mustaqil ta’lim uchun ajratilgan soatlar qog‘ozda bor amalda foydalanilmaydigan o‘lik astronomik soatlar hisoblanib, ushbu soatlarni akademik soatlarga aylantirish uchun mavjud talabalarda ham professor o‘qituvchida ham vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim. 

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, ayni vaqtda pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qish samaradorligining pastligi quyidagi omillar bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Mavjud huquqiy mexanizmning bugungi kun talablariga javob bermasligi, pedagogika yo‘nalishlarini baholash mezonlari va nazorat qilish mexanizmi bo‘yicha alohida tizim mavjud emasligi, mustaqil ta’lim kasbiy xususiyatlar bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinmasligi. Bundan tashqari, pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalariga mo‘ljallangan o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘liq vaziyat yoki muammoli vaziyatlar yechimiga qaratilgan o‘quv adabiyotlari, professor o‘qituvchilar va talabalarda vaqt bilan ishlash ko‘nikmasining yo‘qligi, darslar hali ham an’anaviy usullarda tashkil etilib teskari aloqa usuli ishlamasligi, maktab – pedagogika oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi mavjud normativ hujjatlar majburiyatlarni aniq yuklamasligi, samarali aloqa mexanizmi bugungi kun talablariga javob bermasligi asosiy to‘siqdir.

Muzaffarjon Mansurov, 

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot

 instituti yetakchi ilmiy xodimi.

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqil ta’lim muammolari va o‘ziga xos yechimlar