Musobaqada Umida Omonova peshqadamlik qilmoqda
FOTOREPORTAJ
Xalqaro shaxmat akademiyasida oliy ligada dona surayotgan ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Chempionatning 7 turi ortda qoldi. 7 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘ara olgan Umida Omonova peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinda Maftuna Bobomurodova borayotir.
Uning hisobida 5,5 ochko bor. Sarvinoz Qurbonboyeva bilan Marjona Malikova bir xil – 4,5 ochkodan jamg‘argan. Ozoda Husainova guruhda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. U 7 imkoniyatdan bor yo‘g‘i 0,5 ochko oldi.
Yana 2 turdan so‘ng, chempionat g‘olibi va sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ladi.
[gallery-6749]
Muhammad AMIN,(surat) O‘zA