Vatanimiz tarixidagi 10 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1401 yil (bundan 624 yil oldin) – Damashqda muarrix va faylasuf Ibn Xaldun boshchiligidagi vakillar Amir Temur huzuriga kelishdi. Sohibqiron olimga mulozamat ko‘rsatib, uni shaxsan ziyofatga taklif etgan. Amir Temur iqtidorli tarjimoni orqali Ibn Xaldun bilan uzoq suhbat qurgan. Uning Mag‘ribdagi kabi Seuta va Sijalmasa borasidagi fikrlarini bilishni istab savolga tutgan. Olimdan Mag‘ribdagi vaziyat haqida yozma ma’lumot berishni so‘ragan. Shuningdek, Amir Temur Ibn Xaldundan G‘arb hukmdorlari va ularning sulolalari va harakatlari xususida ham gapirib berishini so‘ragan.

1420 yil (bundan 605 yil oldin) – naqshbandiya tariqati namoyandasi Xoja Muhammad Porso Madina shahrida olamdan o‘tdi. Tadqiqotchi Guldona Taniyevaning ma’lumot berishicha, shayx haj amallarini ado etgach, kasallikka chalinadi va Madinaga yetib kelib vafot etadi. Karvon ahli jam bo‘lib, janoza namozini o‘qiydi va shayxni Abbos mozori yoniga dafn etishadi. 1419 yilning boshida haj safariga chiqqan Xoja Muhammad Porsoni to Makkagacha turli qishloq, shaharlarda ulamolar, saidlar, shayxlar hurmat-ehtirom bilan kutib olgan, birga suhbatlar o‘tkazgan edi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Xoja Muhammadni Bahouddin Naqshband shogirdlikka qabul qilgan va unga «porso» (taqvodor, dindor) taxallusini bergan. Naqshband vafotidan so‘ng, uning o‘rniga tariqatga rahbarlik qilgan. Xoja Muhammad Porso o‘sha davrdagi siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etgan. Tasavvuf va islom tarixiga oid yigirmadan ortiq asar yozgan. 

1527 yil (bundan 498 yil oldin) – Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonni qo‘lga kiritgani sharafiga katta ziyofat marosimi uyushtirdi. Unga Kobul va Samarqanddan, hatto sobiq raqib – shayboniylardan ham mehmonlar taklif qilingan edi. Shohona marosimda turli ko‘ngilochar o‘yinlar (fil, tuya va qo‘chqor urishtirishlar) bilan birga polvonlar kurashi ham uyushtiriladi va g‘oliblarga mukofotlar beriladi. Kurashdan so‘ng esa hindistonlik afsungarlar turli hunarlar ko‘rsatadi.

1905 yil (bundan 120 yil oldin) – XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qo‘shgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek dunyoga keldi (vafoti 1968 yil). U 2000 yilda (vafotidan so‘ng) o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

1921 yil (bundan 104 yil oldin) – O‘zbek bilim hay’ati ish boshladi. Elbekning 1922 yilda chop etilgan “O‘zbek bilim hay’atining tuzilishi va ishlagan ishlari” nomli maqolasida e’tirof etilishicha, bu hay’at “o‘zbekning butun ilmiy ishlarini qaraguchi va qurultoy ishlarini amalga oshirguchi bo‘lib qoladir”.

1966 yil (bundan 59 yil oldin) – Pokiston Prezidenti Muhammad Ayyubxon hamda Hindiston Bosh vaziri La’l Bahodir Shastri tomonidan «Jangovar harakatlarni to‘xtatish, qo‘shinni qaytarish va diplomatik aloqalarni qayta tiklash» hakidagi Toshkent deklaratsiyasi imzolandi. Toshkent deklaratsiyasi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarga tegishli bo‘lgan muammoli masalalarni yechish uchun amaliy asos yaratdi. Deklaratsiya imzolangach, Hindiston Bosh vaziri Shastri Toshkent shahrida to‘satdan vafot etdi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, 1966 yil 4–10 yanvarda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi tinchlik bitimini imzolash uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Gap shundaki, 1965 yil Kashmir hududi xususida Hindiston va Pokiston o‘rtasida ilk bor yuz bergai yirik mojaro jahon urushiga aylanib ketish xavfini tug‘dirdi. O‘zbekistonning Hindiston va Pokiston xalqlari bilan bo‘lgan qadimgi tarixiy aloqalari, shu bilan birga, faqat bir davlat tarafini oluvchi katta davlatlardan yiroqdaligi, ushbu uchrashuvga betaraflik muhitini yaratdi. 

Toshkentga muzokaralar uchun Hindiston Bosh vaziri La’l Bahodir Shastri va Pokiston Prezidenti general Muhammad Ayyubxon yetib keldi. Moskvadan SSSR hukumati boshlig‘i Aleksey Kosigin boshchiligidagi delegatsiya ham tashrif buyurdi. Bu uchrashuvni uyushtirishda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Sharof Rashidov katta xizmat qildi. Bir haftalik og‘ir muzokaralardan so‘ng, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi urush yakunlangani va ular o‘rtasida tinchlik e’lon qilingani hakidagi bitim imzolandi. U tarixga Toshkent deklaratsiyasi sifatida kirdi.

1991 yil (bundan 34 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari va o‘quv yurtlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga binoan SSSR Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan qo‘shilmalari, alohida qismlari va bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasiga olindi va respublika Ichki ishlar vazirligi qaramog‘iga o‘tkazildi. 

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – Gabon, Zambiya, Italiya O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini tan oldi.

1997 yil (bundan 28 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Qirg‘iziston o‘rtasida Abadiy do‘stlik Shartnomasi imzolandi.

2013 yil (bundan 12 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga binoan shaharlar va tumanlardagi obodonlashtirish masalalari bo‘yicha tashkilotlar (bo‘linmalar) qayta tashkil etildi va ularning negizida obodonlashtirish boshqarmalari tuzildi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida kattalik birliklarini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga binoan O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat berilgan Xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklari, xalqaro kattaliklar tizimiga kiritilmagan kattalik birliklari, ularning nomi va belgilanishi, shuningdek, kattalik birliklarini yozish va qo‘llash qoidalari tasdiqlandi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari qabul qilindi. 

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘q-gilzotekasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o‘qitish, shuningdek, ayrim lavozimdagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludiga 120 yil to‘ldi