Musa Jamanbayev: Forum Markaziy Osiyo va Xitoy do‘stligini mustahkamlashga hissa qo‘shadi
Toshkentda “Umumiy farovonlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlik” mavzusidagi “Markaziy Osiyo – Xitoy” IV forumi davom etyapti. Tadbirda so‘zga chiqqan Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanbayev mazkur anjuman tahlil markazlari o‘rtasidagi yaqin aloqani yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan samarali muhokama maydoni ekanini ta’kidladi:
– Bugungi forum kun tartibi va sessiyalar mavzusi umumiy maqsad, birgalikda barqaror rivojlanish yo‘lidagi ko‘p qirrali hamkorlikka intilishimizni to‘liq aks ettiradi. Yig‘ilish Xitoy va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona aloqa ko‘lamini kengaytirishga yangi sur’at bag‘ishlaydi.
B.Xudoyberdiyev yozib oldi.
O‘zA