Muhtaram Prezidentimiz o‘z Murojaatnomalarida «Muallimlarimiz bolalarga sifatli ta’lim berish va o‘z ustilarida ishlashdan boshqa narsa haqida o‘ylamasligi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur», deb ta’kidladilar. Mamlakatimizda o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirishda hayot davomida o‘qitish tamoyili asosida malakasini uzluksiz amalga oshirib borish eng muhim vazifalardan biri sanaladi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan so‘nggi 2 yilda malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan attestatsiya va o‘rganishlar natijasi ham ushbu tizimni zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilish zarurati mavjudligini ko‘rsatmoqda. Albatta bu jarayonda mukammal tizimni yo‘lga qo‘yish juda katta, kuch, imkoniyat va mablag‘ talab etadi.

Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida, 2021 yilning 1 martidan boshlab, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlariga xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning malakasini oshirish huquqi berildi. Bunda, o‘qituvchilar uchun malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan berilgan ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yilning 1 iyuniga qadar har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini beruvchi «Uzluksiz kasbiy ta’lim» maxsus elektron platformasi ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur platforma orqali xalq ta’limi tizimi xodimlarining kasbiy ehtiyojlarini tahlil qilish imkoniyati yuzaga keladi. Shu asosda ularning individual rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, uzluksiz malaka oshirish jarayoniga tatbiq etiladi. Shu bilan birgalikda, malaka oshirish jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etib boriladi. Albatta, malaka oshirish tizimiga kiritilayotgan mazkur o‘zgarishlar yaqin kelajakda o‘z samarasini beradi. Malaka oshirish ta’lim tashkilotlari o‘rtasida raqobat muhitini yuza keltiradi va pirovard natijada malaka oshirish sifatini ko‘tarishga olib keladi.

Davlatimiz rahbari «Bundan buyon o‘qituvchilarning hayot davomida o‘qitish tamoyili asosida malakasini uzluksiz amalga oshirib borish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek o‘qituvchilarning o‘z fanini bilishi, pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligidan kelib chiqib toifa berish mezonlari ham qayta ko‘rib chiqiladi,” – deb, ta’kidladilar. Darhaqiqat, hozirgi tez o‘zgaruvchan zamonda, ayniqsa, ta’lim tizimida har 3 yoki 5 yilda malaka oshirishning samarasi juda ham sust. Buni pedagoglarning salohiyatining pasayib ketishi, o‘qituvchilarning bilim darajalarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan har xil nazoratlar ham ko‘rsatib turibdi. Jumladan, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘qituvchilaridan o‘zlari dars beradigan fandan o‘tkazilgan test sinovlari natijalari ham buning yaqqol dalilidir.

2019 yil yakuniga ko‘ra ta’lim sohasi bo‘yicha malaka oshirishga 15161 nafar rahbar jalb qilinishi rejalashtirilib, ularning 15016 nafari malaka oshirgan. O‘quv jarayonlarida qatnashganlarning 88,3 foizi ijobiy baholangan bo‘lsa, 11,4 foizi salbiy baholangan. Salbiy baholanganlar salmog‘i maktabgacha ta’limda 18,2 foiz, oliy ta’limda 16,2 foiz, xalq ta’limida 10,1 foizni tashkil qilgan. Pedagoglardan esa 92343 nafarining malakasi oshirilishi rejalashtirilib, 92954 nafari (100,7 %) kurslarda qatnashgan. Ulardan 84153 nafari (91,7 %) ijobiy, 7411 (8,3 %) nafari salbiy baholangan. Salbiy baholanganlar salmog‘i oliy ta’limda 23,6 foiz, maktabgacha ta’limda 22,7 foiz, xalq ta’limida 7,1 foizni tashkil etgan.

Tizimni yanada takomillashtirish hamda sohaga yangi tajribalarni joriy etish uchun Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Finlyandiya, Chexiya, Italiya, Shvetsiya, Singapur, AQSH, Argentina kabi davlatlarda malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim tizimi tahliliy o‘rganilganda qo‘yidagilar aniqlandi:

Janubiy Koreya, Singapur va Finlyandiyada pedagoglar har yili, Fransiyada har 2, Xitoyda har 3 yilda malaka oshirishi belgilangan. Bu mamlakatlarda pedagoglar o‘z malakasini oshirishi oylik maoshining oshishi va lavozimga ko‘tarilishiga imkon beradi.

Fransiyada pedagoglar pensiyaga chiqqunga qadar jami 1200 soat malaka oshirishlari kerak bo‘ladi. Angliya, Fransiya, Germaniya, Finlyandiyada mazkur ko‘rsatkich ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Janubiy Koreyada pedagoglar 1 yilda o‘rtacha 108 soat, Singapurda 100–150 soat malaka oshirishlari belgilangan. Umuman olganda, xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishga ajratilgan soatlar hajmi bir yilda 16–166 soat oralig‘ida belgilangan.

Janubiy Koreya, Singapur, Xitoy, Germaniya kabi davlatlarda pedagog-moderator tomonidan haftadagi ijodiy kunlarda tashkil qilinadigan maxsus malaka oshirish kurslari va seminar-treninglar, Fransiyada esa samarali innovatsion texnologiyalar va pedagogik tajribalarni markazlashgan holda pedagogik axborot markazi orqali tarqatish va ommalashtirish, Xitoy, Singapur, Yaponiya kabi bir qator davlatlarda pedagog o‘z ehtiyojidan kelib chiqib tanlaydigan kredit-modulli malaka oshirish kursi dasturlari amaliyotda qo‘llaniladi.

O‘rganilgan davlatlarda malaka oshirish shaklining tinglovchilar soniga qarab jamoaviy (lektoriyalar, ijodiy seminarlar, seminar-praktikumlar, treninglar, fan oyliklari, ko‘rgazmalar, multimediali taqdimotlar tanlovlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar), guruhli (fan pedagoglari birlashmalari, ijodiy guruhlar, ishbop o‘yinlar, o‘zaro darslarni kuzatish, refleksiya, ochiq darslarni kuzatish, videodarslarni ko‘rish va muhokama qilish), individual (ustozlik qilish, maslahat berish, suhbat qurish, individual ijodiy mavzu bo‘yicha ishlash, multimedia taqdimotlarini yaratish, o‘z darslarini refleksiv tahlil qilish, mustaqil ta’lim olish) kabi shakllari yo‘lga qo‘yilgan.

Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, respublikamizda pedagoglarning malaka oshirish tizimiga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

dastlabki malaka oshirishga jalb etilayotgan pedagoglarning malaka oshirish dasturida asosiy e’tiborni ta’lim muassasalaridagi ish hujjatlari va ularni yuritish, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish, o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanilishiga qaratish;

ta’lim muassasalarida darslarning tahlillariga alohida e’tibor qaratish, ochiq darslarni o‘tishga keng o‘rin berish, o‘quv dasturlarini to‘liq bajara olmaydigan pedagoglarni o‘z hisobidan navbatdan tashqari qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga jalb etish;

Shu bilan birgalikda, malaka oshirishning quyidagi qo‘shimcha turlari va shakllari yo‘lga qo‘yilishi kerak:

bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan tayanch hamda muayyan sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining yetakchi kafedralarida oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini mutaxassisligi bo‘yicha malakasi (tajribasi)ni oshiradigan kurslar, stajirovkalar;

ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida pedagoglarning malakasini oshiradigan kurslar, stajirovkalar;

malakali moderator o‘qituvchilar yordamida tashkil qilinadigan doimiy harakatdagi malaka oshirish kurslari va seminar-treninglar;

pedagoglar uyushmalari va assotsiatsiyalari tomonidan tashkil qilinadigan seminar-treninglar;

talaba va o‘quvchilarning ta’til davrida sohaning yetuk mutaxassislarini jalb etgan holda ta’lim muassasasida tashkil etiladigan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari;

nodavlat malaka oshirish ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan pedagoglarning ehtiyojlariga asoslangan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari va boshqalar.

Pedagoglarning o‘z ustida doimiy ishlashlarini ta’minlash maqsadida barcha ta’lim turlari bo‘yicha har 3-5 yilda malaka oshirish (288 soat, 144 soat) tizimidan voz kechib, har yili 28-30 soat hajmida malaka oshirish tizimini joriy etish kerak.

Ushbu maqsadda malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlarida (o‘qitiladigan fanlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xorijiy tillar va boshqalar bo‘yicha) 6 soatdan 30 soatgacha bo‘lgan kurslarning (talab va takliflarni inobatga olgan holda) o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish lozim.

Pedagoglar har yili 28-30 soat hajmida (bir yo‘la yoki yig‘ib borish shaklida) malaka oshirish kursidan o‘tgani to‘g‘risidagi sertifikatlarni inobatga olgan holda, ularni malaka toifasini (lavozimini) oshirishda, ustamalar belgilashda va rag‘batlantirishda inobatga olish mexanizmini joriy etish kerak.

Nodavlat ta’lim tashkilotlarini pedagoglarning malakasini oshirish jarayoniga keng jalb etish mexanizmini ishlab chiqish lozim.

Ushbu tizimni amaliyotda samarali ishlashini ta’minlash uchun malaka oshirishga «vaucher tizimi»ni joriy etish lozim. Bunda har yili pedagoglarga 28-30 soat hajmda «vaucherlar» berilishi va ular o‘zlarini ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tegishli kurslarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Ommaviy axborot vositalarida malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlari tomonidan doimiy ravishda malaka oshirish kurslari dasturlari e’lon qilib borilishi yo‘lga qo‘yilishi lozim. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim tashkilotlari o‘rtasida raqobat muhitining yaratilishi va malaka oshirish sifatining oshirilishini ta’minlaydi.

Yuqorida qayd etilganlarni amalga oshirish, pedagoglarning malakasini oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish, talab va takliflar asosida turli o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, malaka oshirish tizimini muvofiqlashtirish imkonini beradi.

Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida keltirilgan vazifalar mamlakatimizda malaka oshirish tizimini yangi bosqichga olib chiqishimiz uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Boysun Nazarov, Ta’lim sifatini nazorat

qilish davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatnomada pedagoglarning malaka oshirishidagi og‘riqli masalalar ko‘rsatib o‘tildi