Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan yanvar-may oylari oralig‘ida 3 ming 132 ko‘p qavatli uydagi xonadonlarga, 3 ming 518 noturar joylarga, 8 ming 96 yakka tartibdagi uy-joylarga va 1 ming 91 yer uchastkasiga jami 15 ming 800 dan ziyod kadastr pasportlari shakllantirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim etildi.

Bu haqida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi O‘zA ga ma’lum qildi.  

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan 5 oy davomida kadastr xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 1 ming 157 ya’ni (94,58 gektar) bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlangan. Aniqlangan bo‘sh yer uchastkalari “YERELEKTRON” axborot almashinuv tizimiga kiritilgan va 514 ya’ni 16,58 gektar yer uchastkalari elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga yuborilgan. Yil boshidan buyon 557 ya’ni (22,66 gektar) bo‘sh yer uchastkalari onlayn auksion savdosida tadbirkorlarga sotilgan.  

Ma’lum qilinishicha, hududlar kesimida eng ko‘p bo‘sh yer uchastkalari Yakkabog‘ tumani hududida aniqlangan bo‘lib 155 ya’ni 3,22 gektarni tashkil etadi. Chiroqchida esa eng ko‘p bo‘sh yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan 63  ya’ni 2,98 gektar. Eng ko‘p bo‘sh yer uchastkalari auksionda sotilgan hudud — Nishon tumani. Tumanda 78 2,01 gektar yer uchastkalari auksion savdolarida tadbirkorlarga sotilgan.  

Qo‘shimcha qilinishicha, yil boshidan buyon viloyatdagi 25 ming 62 ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murojaatlar doimo e’tiborda