O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yana bir ko‘rinishi mamlakat amaldorlarining quyida, joylarda qabullarini muntazam tashkil etishdir.

Bu gal Farg‘onaga O‘zbekiston Oliy Sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi va yana bir qancha respublika idoralarining rahbar hamda mas’ullari kelishdi. Bugun, 4 fevraldan 7 fevralgacha to‘rt kun davomida ular viloyatdagi barcha shahar va tuman aholisi murojaatlarini tinglaydi. Ommaviy sayyor qabul boshlanishida muammolar, ko‘tarilgan masalalar yechimini joyida hal qilish asosiy maqsad ekani aytildi.

–Eng so‘nggi murojaatchini qabul qilmaguncha ishchi guruh huzuringizdan ketmaydi, – dedi Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov.

Respublika ishchi guruhining mintaqaviy sayyor qabullari viloyatning Farg‘ona, Qo‘qon shaharlari, Buvayda va Qo‘shtepa tumanlarida bo‘lib o‘tadi.
Muhammadjon Obidov, Muslim To‘lanov(surat),
O‘zA