Prezidentimiz rahnamoligida jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ayollar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan e’tibor natijasida sport xotin-qizlar o‘rtasida keng ommalashdi.

Prezidentimiz rahnamoligida jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ayollar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan e’tibor natijasida sport xotin-qizlar o‘rtasida keng ommalashdi. Mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy sport majmualari bunyod etilayotgani, ularda sport bilan shug‘ullanayotgan qizlar ko‘payayotgani malakali murabbiyalarga bo‘lgan talabni oshirdi.

Davlatimiz rahbarining 2006-yil 2-iyundagi “2006/2007 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bolalar sporti murabbiylari tayyorlash uchun qabul o‘rni ko‘paytirildi. Qarorga muvofiq qishloq joylardagi sport inshootlarini ayol murabbiyalar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida “Xotin-qizlar sportini rivojlantirish” yo‘nalishi tashkil etildi.

Mazkur yo‘nalishga har yili qishloq tumanlardan kelgan ikki yuzdan ziyod qizlar qabul qilinmoqda. Ular institutni bitirib, o‘zlari istiqomat qilayotgan qishloqlarda murabbiya bo‘lib ishlamoqda, xotin-qizlar sportini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

– Joriy o‘quv yilida institutimizga 260 qiz maxsus kvota asosida o‘qishga qabul qilindi, – deydi institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Jamshid Umarov. – Ular oliy o‘quv yurtini bitirgach, yo‘nalishiga qarab o‘z viloyatidagi bolalar va o‘smirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari sport kolleji, kasb-hunar ta’limi muassasalari va umumta’lim maktablarida murabbiyalik qiladi.

Prezidentimizning 2010-yil 1-apreldagi “Qishloq joylardagi bolalar sporti obyektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ularning mehnati har tomonlama rag‘batlantirilmoqda. Qarorga asosan qishloq joylardagi umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida va bolalar-o‘smirlar sport maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hamda sport ustozi bo‘lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz miqdorda ustama haq belgilangan.

Sport murabbiyalari tayyorlash va ularni rag‘batlantirish bo‘yicha bunday tizim yaratilgani o‘z samarasini bermoqda. 2015-yilda sport bo‘yicha ayol murabbiya va o‘qituvchilar 2005-yilga nisbatan 3,8 barobar oshgani buning bir misolidir.

Ayol murabbiya va o‘qituvchilarning ko‘paygani qizlarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida sportni ommalashtirishda muhim omil bo‘lmoqda. Bugungi kunda qiz bolalarning 47 foizi, qishloq joylarda 44,7 foizi sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Milliy kurash bo‘yicha jahon chempionatlarida sovrindor bo‘lgan, 2009-yili Tailandda o‘tgan jangovar yakkakurashlar bo‘yicha I Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Muqaddas Kubeyeva sport murabbiyasi bo‘lishni orzu qilardi. U 2013-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining yakkakurashlar fakultetini xotin-qizlar sportini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha tamomlab, bugungi kunda poytaxtimizdagi 11-bolalar va o‘smirlar sport maktabida qizlarga murabbiyalik qilmoqda.

– Maktabimizdagi jismoniy tarbiya darsida o‘nlab o‘g‘il bolalar orasida bir o‘zim shug‘ullanardim, – deydi Muqaddas Kubeyeva. – Dugonalarimni sport bilan shug‘ullanishga taklif qilsam, murabbiy erkak kishi bo‘lgani uchun ota-onasi ruxsat bermasligini aytardi. Shunda o‘z oldimga kelajakda murabbiya bo‘lishni maqsad qilgandim. Bugun qizlarimiz o‘g‘il bolalardan kam bo‘lmay, o‘zlari xohlagan sport turi bilan bemalol shug‘ullanmoqda.

M.Kubeyeva ikki guruhda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda o‘ttizdan ziyod bolaga milliy kurash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. U shogirdlarida sportga ishtiyoq uyg‘otishga, o‘z ustida ko‘proq ishlashiga e’tibor qaratadi. Tartib-intizom va ozodalikka rioya etishni talab qiladi. Har shanba kuni shogirdlari bilan tarbiyaviy soat o‘tkazadi. Chunki mahoratli sportchi tayyorlashda ma’naviy-ruhiy tarbiya muhim o‘rin tutadi.

Mamlakatimizda sog‘lom avlodni voyaga yetkazishning asosiy sharti sifatida xotin-qizlar salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, qiz bola sog‘lom va baxtli bo‘lsa, u quradigan oila ham, uning mevasi bo‘lmish bola ham sog‘lom va baxtli bo‘ladi. Oila sog‘lom va baxtli bo‘lsa, butun jamiyat baxtli va farovon bo‘ladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murabbiyalar har bir maktabda