Namangan viloyati sport boshqarmasi majlislar zalida viloyat yengil atletika rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishga ahd qilgan mutaxassis bilan shartnoma imzolash munosabati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i, viloyat yengil atletika federatsiyasi raisi, podpolkovnik Umidjon Qodirov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Dadaboyev, sport maktablarining murabbiylari hamda viloyat yengil atletika federatsiyasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda Prezidentimiz raisligida joriy yilning 13 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, ya’ni, sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda xorijlik tajribali murabbiylarni jalb etish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. 

Mazkur xayrli maqsadlarni amalga oshirish maqsadida taniqli sport ustasi, yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, Rossiya chempionati kumush medali sohibi, Yevropa kubogi g‘olibi va bronza medali sovrindori Tatyana Valerevna Dementeva Namangan viloyatida murabbiy sifatida faoliyat yuritishi e’lon qilindi. 

Tatyana Dementeva yengil atletika sohasida yetuk tajribaga ega bo‘lib, uning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki va qo‘lga kiritgan salmoqli yutuqlari, shuningdek, sportchilar bilan ishlashdagi zamonaviy yondashuvlari alohida e’tiborga loyiqligi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida, Tatyana Dementeva va Namangan viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Dadaboyev o‘rtasida rasmiy shartnoma imzolandi. 

Aytish joizki, mazkur kelishuv bitimi mahalliy sportchilar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi hamda asosiysi, yosh atletlarning xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatli natijalarga erishishiga xizmat qilishi shubhasiz. Yangi shartnomaga muvofiq, rossiyalik mutaxassis Namangan viloyatidagi sport maktablarida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni sportning yengil atletika turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga yo‘naltirilgan maxsus dasturlar asosida tayyorlash hamda murabbiylar malakasini oshirish borasida ish olib boradi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murabbiy bilan uchrashuv o‘tkazildi