Muqanna: tarix va tahlil
Tarixda kechgan hodisalar, oʻtgan shaxslar va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bizga yozma manbalar taqdim etishi yaxshi maʼlum.
Oʻtmishni oʻrganishda eskicha yondashishlardan farqli zamonaviy uslublarni ishlab chiqish va ularni tadqiqotlarda qoʻllash ham eng muhim vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Bu esa voqea-hodisalar hamda tarixiy shaxslarga nisbatan baho berishda yangicha qarashlarni yuzaga keltirmoqda, qolipga tushib qolgan ayrim tushunchalar va fikrlarni oʻzgartirmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻzbek xalqining tarixiy tafakkuri, milliy oʻzlikni anglash jarayoniga ijobiy taʼsir etmoqda, yosh avlod oʻz tarixini milliy qadriyatlar negizi va umuminsoniy meʼyorlar bilan uygʻunlikda oʻrganishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Turon va Eron tarixida arablar hukmronligi davrida yashagan va bir qator tarixiy voqealarda muhim oʻrin tutgan Hoshim ibn Hakim, yaʼni Muqanna (783-yili oʻlgan) shaxsiga nisbatan ham hozirda turlicha qarashlar yuzaga kelgani sir emas.
Tarixda kechgan hodisalar, oʻtgan shaxslar va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bizga yozma manbalar taqdim etishi yaxshi maʼlum. Muqanna yashagan davrda arab xalifaligiga tobe oʻlkalarda boʻlgani kabi, bizning yurtimizda ham siyosiy, ilmiy muomalada arab tilining mavqeyi kuchli boʻlgani ham bor gap. Shu sababdan ham, ushbu tarixiy shaxs haqida bizga arab manbalari, shuningdek, ularning keyinchalik amalga oshirilgan forscha tarjimalari va boshqa manbalar qimmatli maʼlumotlarni taqdim eta oladi. Jumladan, Muqanna haqidagi yozma maʼlumotlar Muhammad Jarir Tabariyning (839-923) “Paygʻambarlar va podshohlar tarixi”, Abu Bakr Narshaxiyning (899-959) “Buxoro tarixi”, Ibn al-Asirning (1160-1233) “Mukammal tarix” va boshqa shu kabi koʻplab asarlarda keltiriladi.

Ularda Muqanna shaxsi, uning faoliyatiga nisbatan salbiy baho berilgan. Bugungi kunda ham matbuot, internet sahifalarida Muqanna shaxsiga nisbatan oʻta salbiy baho berilgan bir qator maqola, maʼlumot va fikrlarni uchratish mumkin. Mualliflar oʻz qarashlarini ilgari surishda asosan biz yuqorida sanab oʻtgan arab yoki fors tilidagi manbalar, shuningdek, bundan bir necha oʻn yillar burun yaratilgan ilmiy adabiyotlardagi maʼlumotlarga tayanadilar.
Shu maʼnoda, zikr etilgan yozma manbalar asosan saroylarda yozilgani, ularning dastlabkilarida rasmiy hukumat qoʻlida boʻlgan arablar yoki musulmonlar tabaqasi manfaati himoya qilingani, keyinchalik yozilgan manbalarda esa, mahalliy hukmron sulolalar va rasmiy mafkura boʻlmish sunniylik mazhabi gʻoyaviy manfaatlari ustun qoʻyilganini koʻzdan qochirmaslik kerak.
Qolaversa, ularda islom dini va hukmron mazhab mafkurasiga mos tushmagan har bir hodisa, gʻoya va ularning egalariga nisbatan salbiy qarash va toqatsiz munosabat koʻzga tashlanadi. Shuningdek, manbalarda koʻpincha arablar, yaʼni hukmron sulola manfaatiga mos kelmagan voqea va hodisalarni ham islom, musulmonlarga qarshi fitna sifatida baholash, ularda qatnashgan shaxslarni salbiy jihatdan tasvirlashga urinish holatlari uchrashi ham tarixchilar sir emas.
Masalan, yuqorida tilga olingan, tarixchi, faylasuf, faqih va shoirligi bilan shuhrat qozongan Muhammad Jarir Tabariy yoshligidan islomiy muhitda katta boʻlgan va shu qadriyatlar asosida tarbiyalangan. Uning “Paygʻambarlar va podshohlar tarixi” asari 914-yili, yaʼni Muqanna oʻlimidan yuz oʻttiz yillar keyin yozib tugallangan. Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan asari ham bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Tabariy sunniy mazhabli tarixchilarning eng obroʻlisi hisoblanadi.
Muqanna shaxsiga va uning isyoniga nisbatan toʻliq baho bergan mualliflardan yana biri, tilga olinganidek, Abu Bakr Narshaxiydir. Oʻzining “Buxoro tarixi” asarini 943-944-yillarda, yaʼni Muhammad Jarir Tabariydan keyin oʻttiz yillar oʻtib, arab tilida yozgan va uni somoniy hukmdor Abu Muhammad Nuhga (943-954) bagʻishlagan.
Muqanna zamonidan bir yarim asr keyin ijod qilgan Abu Bakr Narshaxiy mavzuni yoritishda oʻzga mualliflar yozgan ishlarga tayanishi tabiiy edi. Tarixchining yozishicha, Muqanna bilan bogʻliq mavzuni u Abu Isʼhoq Ibrohim Suliyning “Axbori Muqanna” asaridan olingan maʼlumotlar asosida yoritgan. Mazkur asar bizgacha yetib kelmagani, shuningdek, “Buxoro tarixi”ning oʻzi keyingi asrlarda bir necha marta tahrir etilgani, qisqartirilgani sababli, Abu Bakr Narshaxiy birlamchi manbadan qanday foydalangani, uning asarida keyingi tahrir va qisqartirishlarda nimalar toʻgʻrilanib, qanday boʻlaklar olib tashlanganligini aniq aytish qiyin. Nima boʻlganda ham, hozir ixtiyorimizda “Buxoro tarixi”ning arab tilida bitilgan asli emas, keyinchalik turli davrlarda qayta ishlangan forscha tahriri bor.
Yuqoridagi ikki manba maʼlumotlariga tayangan holda, Muqanna haqida quyidagi maʼlumotlarni olish mumkin. Masalan, Muhammad Jarir Tabariyning yozishicha, Muqannaning asli ismi Hoshim ibn Hakim boʻlib, uning ona yurti Marv yaqinidagi bir qishloq hisoblanadi. Abu Bakr Narshaxiy esa, Muqannaning Balxdan ekanini qayd etgan. Oʻrta asr tarixchilarining bunday maʼlumot berishlariga sabab, balki, Muqannaning ona qishlogʻi Marv va Balx oʻrtasida joylashgan boʻlishi ham mumkindir.

Shuningdek, ushbu hududlarni bugungi ayrim zamonaviy mualliflar talqin etayotganlaridek, oʻzbek xalqi tarixi va davlatchiligiga aloqasi yoʻq yerlar sifatida qarash ham toʻgʻri emas. Negaki, Marv, Balx, Juzjon, Hirot va umuman yon-atrofimizdagi koʻplab mintaqa, viloyatlar qadimdan oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib kelganlari yaxshi maʼlum.
Hoshim ibn Hakim yuzi xunuk va bir koʻzi koʻr boʻlgani tufayli yuzini yopinchiq bilan toʻsib yurgan. Shu sababli u arabcha “muqanna”, yaʼni “niqobli” degan laqabni olgan. Muqannaning Abu Muslimningg xalifalikni boshqarib turgan umaviylarga qarshi qoʻzgʻolonida (747-750) qatnashgani toʻgʻrisida ham maʼlumotlar uchraydi. Abu Bakr Narshaxiyning yozishicha, abbosiy xalifalardan Abu Jaʼfar Davoniqiy (754-775) hokimiyat uchun kurashda endi-endi siyosiy maydonda koʻrina boshlagan vaqtda, Muqanna Xuroson qoʻshini qoʻmondoni lavozimini egallagan. Keyinchalik, u arab xalifaligining Xurosondagi noyibi Abduljabbor Azdiyning (757-759) vaziri lavozimigacha koʻtarilgan.
Muqanna oʻz taʼlimotini aholi orasida targʻib qilib, asta-sekin paygʻambarlikka daʼvo qila boshlagan va soʻngra u bu fikrini odamlarga bosim oʻtkazgan holda ham singdirmoqchi boʻlgan. Abu Jaʼfar Davoniqiyning topshirigʻiga koʻra, uni Marvda tutib, Bagʻdodda zindonga tashlaganlar. Maʼlum muddatlik jazosini oʻtab boʻlganidan keyin u ozod etilgan. Yana Marvga qaytib, oʻz atrofiga odamlarni toʻplay boshlagan.

Chiqishlaridan birida odamlarga yuzlanib, bilasizlarmi men kimman, deb soʻragan. Odamlar, sen Hoshim ibn Hakimsan, deb javob berganlar. Shunda, u, yoʻq, sizlar adashdinglar, men Xudoman degan. U oʻzini istagan ismi bilan atashi mumkinligini, odamlar orasiga xuddi Odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Iso, keyin Muhammad koʻrinishida kelganlarning davomchisi sifatida yuborilgani, oʻzi xuddi Abu Muslimdek ekanini aytgan. Shunda odamlar, ular paygʻambarlikni daʼvo qilgan edilar, sen esa ilohiylikka daʼvo qilmoqdasan, deganlarda, Muqanna, menda shunday kuch borki, men oʻzimni istagan qiyofada namoyon qila olaman, deb aytgan ekan.
U yon-atrof yerlarda katta taʼsirga ega shaxslarga maktub yozib, oʻzini tan olishlarini talab qilgan. Muqannaga odamlar ergasha boshlaganlar. U tarkibida turli elatlar, koʻchmanchi va oʻtroqlar boʻlgan qoʻshin tuzgan. Abu Bakr Narshaxiy Muqannaning otasi qoʻshinboshi boʻlganini aytib oʻtadi. Uning oʻzi ham maʼlum bir vaqt harbiy boʻlgani sabab oʻsha paytlarda harbiy faoliyatda yetakchilik qilgan turkiy elatlarning ishonchini qozongan boʻlishi ham mumkin. Shu bilan birga, manbalarda uning qaysi millatga mansubligi toʻgʻrisida qaydlar mavjud emas.
Muhammad Jarir Tabariyga koʻra, Xurosonda qoʻzgʻolon koʻtargan Muqanna ruhlarning koʻchib yurishi gʻoyasini targʻib etgan va oʻziga ham shunday ruh koʻchganligiga daʼvo qilgan. Biroq Xurosonda arablarning mavqeyi kuchli boʻlgani sabab, Muqanna oʻttiz olti tarafdori bilan u yerdan qochib ketgan. Abu Bakr Narshaxiyning esa, u Xurosonda koʻplab odamlarni “yoʻldan urgan” va tarafdorlarini toʻplab, Movarounnahrga kelgan, deb yozadi.
Amudaryodan kechib oʻtib, Kesh viloyatiga kelgan Muqanna bu yerda oʻziga koʻplab yonbosarlarni toʻplashga muvaffaq boʻlgan va togʻli qalʼalarning biriga joylashib olgan, koʻchmanchi kuchlarni yordamga chaqirgan. Shu tariqa, Muqanna qoʻzgʻoloni butun Movarounnahrni qamrab olgan. Abbosiylar boshqarayotgan xalifalikning rasmiy libosidagi qora boʻyoqqa qarshi mahalliy oq kiyimni tanlagan qoʻzgʻolonchilarni “oq kiyimlilar” deb ataganlar.
Muqannachilar Buxoro, Samarqand shaharlariga ham borganlar. Harakat keng quloch yozishi manzarasida xalifa Muhammad Mahdiy (775-785) oʻzining bir qator harbiy sarkardalarini unga qarshi joʻnatgan. Ularga bosh boʻlgan, Xuroson noibi lavozimini egallagan Muʼaz ibn Muslim ikki yil qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurashib, hech narsa qilolmagan.
Chunonchi, 159/775-776-yili Muqanna tarafdorlari Kesh atrofidagi Navokat qalʼasini egallab oladilar. Abu Bakr Narshaxiy qoldirgan maʼlumotga koʻra, VIII asrda Kesh viloyatining Subax degan qishlogʻi odamlari oʻz dehqonlari Amr boshchiligida arab noyibini oʻldirganlar va Muqanna qoʻzgʻoloniga qoʻshilib, ochiqchasiga uning dinini qabul qilganlar.
Muʼaz ibn Muslimning oʻrniga tayinlangan Musayyab ibn Zuhayr davrida qoʻzgʻolonchilar musulmonlardan magʻlubiyatga uchray boshlaganlar. 163/779-780-yili Kesh qalʼasi qamalga tutilishi oqibatida ular rosa holdan toyganlar. Muqanna oʻz magʻlubiyatini his qilib, oʻzi, ayollarini zaharlagani oqibatida barchasi halok boʻlgan. Musulmonlar qalʼaga bostirib kirib, uning boshini tanasidan judo qilganlar va bu vaqtda Halabda boʻlib turgan xalifa Muhammad Mahdiyga joʻnatganlar.
Oʻsha zamonlar tarixiy manbalarida keltirib oʻtilgan maʼlumotlardan koʻrinib turganidek, movarounnahrliklar, umuman, turonliklar orasida Muqannani qoʻllab-quvvatlaganlar boʻlgan. Ibn al-Asir Xurosonning bir tarixchisiga suyanib yozishicha, turkiy oʻgʻuzlar Muqannaga soʻnggi kunlarigacha yordam berganlar. Yaʼni ular uning kuchiga maʼlum darajada ishonganlar yoki musulmon hukumat siyosatidan ham norozi boʻlganlar.
Muqanna shaxsiga nisbatan ijobiy qarashlar asosan XIX asr oxiri – XX asrda kuzatiladi. Birinchidan, bu Markaziy Osiyo, xususan, oʻzbek xalqi oʻzini anglash jarayonining kuchayishi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchidan, sinfiy yondashuv hukmronlik qilgan sovet mafkurasining taʼsirida ham Muqanna shaxsiga nisbatan ijobiy qarashlar shakllangan. Mustaqillik davrida esa diniy qadriyatlarning tiklanishi natijasida, ayrim holatlarda Muqanna haqida musulmon manbalari bergan maʼlumotlarga tayangan holda, uning shaxsiga nisbatan salbiy, baʼzan oʻta keskin tarzdagi qarashlar ham kuzatilmoqda.

Biroq Sadriddin Ayniy, Hamid Olimjon kabilarning Muqanna isyoniga bagʻishlab yozgan ishlarida, uning shaxsi va faoliyatiga bergan ijobiy qarashlarni sovet mafkurasining taʼsiri bilangina bogʻlash ham notoʻgʻridir. Zero, yuqorida aytilganidek, VIII asr oxiri bu juda murakkab jarayonlar kechgan tarixiy davr hisoblanadi. Bu asrda bir tomondan islom dini tabiat va jamiyat hodisalariga nisbatan turli usullar va yoʻnalishlarda falsafiy (tasavvuf, kalom va muʼtazila, tabiat falsafasi kabi yoʻnalishlarning ilk kurtaklari tarzida) javob berishga uringan boʻlsa, ikkinchi tomondan, zardushtiylik, moniylik va boshqa shu kabi tub dinlarning madaniy, baʼzan ijtimoiy taʼsiri odamlarni hali toʻliq tark etmagan edi. Muqanna oʻzini ilohiy tarzda tasvirlashga intilishini ham mana shu gʻoyalarning qanaqadir boshlangʻich, yaʼni tizimlashmagan, pala-partish tarzdagi koʻrinishi sifatida baholash mumkin.
Muqanna harakati tarafdorlari tomonidan yozilgan va ularning qarashlari aks etgan yozma manbalar bizning, yaʼni ilmiy jamoatchilikning qoʻlida mavjud emas, aniqrogʻi, bugunga qadar ular aniqlanmaganini ham esdan chiqarmaslik kerak. Shu sababli, Muqanna shaxsi va isyonini tahlil etishda uni faqat qoralab, faoliyatiga bir tomonlama baho bergan holda yozilgan hamda koʻproq rasmiy tusga ega musulmon manbalari maʼlumotlariga toʻliq suyanib qolish ham toʻgʻri emas.
Muqanna hayoti va faoliyati VIII asr ikkinchi yarmida, yaʼni arab xalifaligida hokimiyat umaviylar sulolasidan abbosiylar sulolasi vakillariga oʻtgan davrga toʻgʻri keladi. Bu paytda Abu Muslim qoʻzgʻolonining taʼsiri u qadar unutilmagan boʻlib, hokimiyatga kelgan yangi sulola hali odamlar undan kutgan natijalarni koʻrsata olmagan edi. Shu sababli, abbosiylar hukmron deyarli barcha hududlarda undan norozilik kayfiyati kuchayib ketgan edi. Eng muhimi, arab xalifaligi oʻzgalar yurtini qon toʻkishlar, talon-torojlik, vayronagarchiliklar, tub aholi erkini toptash evaziga tuzilganini ham esdan chiqarmaslik kerak.

Bu esa bir qancha qoʻzgʻolonlarning yuzaga kelishiga olib kelgani ham yaxshi maʼlum. Muqanna, yaʼni “oqkiyimlilar” qoʻzgʻolonini ham shular qatoriga kiritish mumkin. Islom dini nazariy jihatdan qanchalik tenghuquqlikni targʻib qilmasin, arab boʻlmagan mahalliy aholi vakillari, islomniqabul qilgan taqdirlarida ham, boshqaruvning yuqori pogʻonalariga toʻgʻridan-toʻgʻri koʻtarila olmaganlar. Ular mavlo, gʻulom, abno va boshqa shu kabi qullik institutlari vositasida arab-musulmon jamiyatining siyosiy hayotida ishtirok etganlar.
Aynan arab boʻlmagan xalqlarning Muqanna va boshqa shu kabi shaxslar boshchiligidagi qoʻzgʻolonlar orqali bunday tengsizliklarga qarshi kurashlari natijasida, IX – X asrlarga kelib, yuqorida qayd etilgan qullik institutlari rasmiy ahamiyat kasb eta boshlagan. Arab boʻlmagan aholi vakillari uchun ham musulmon davlatining siyosiy hayotida faol qatnashish imkoni tugʻilgan. Ammo VIII asrda esa islom dini Turon va Eron aholisini katta qismi hayotining mazmuniga aylanmaganligi tufayli ham Muqanna tomonidan balkim ilohiylik daʼvosi ochilgan boʻlishi ham mumkin.
Muqanna harami masalasida esa, u paytda bunday haramlar musulmonlarda ham boʻlgan. Faqat musulmonlarda ozod ayollarni nikohga olish soni cheklangan boʻlsa, choʻri ayollarning soni cheklanmagan. Choʻrilar ham oʻz huquqlariga koʻra, bir necha turlarga boʻlinganlar. Muqanna shaxsini yoki harakatini koʻklarga koʻtarish, maqtash fikridan uzoq turgan holda aytish mumkinki, rasmiy mafkura taʼsirida yozilgan musulmon manbalari xulosalarigagina tayanib, Muqanna shaxsiga oʻta salbiy baho berish, fikrimizcha toʻgʻri emas.
Muqanna harakati maʼlum darajada oʻsha zamondagi odamlarning, xalqning arablar bosqini, zulmiga, bosimiga nisbatan noroziligini ifodalagan tarixiy hodisadir. Shu jihatdan olganda, bu isyonni oʻlka xalqlarining ozodlik kurashi deyish mumkin. Ammo Muqanna shaxsining murakkabligi, u odamlarga taʼsir koʻrsatish uchun turli usullardan foydalangani ham bir yoqlama, baʼzan boʻrttirib qayd etilgani ham manbalardagi dalil-isbot hisoblanadi.

Shuningdek, oʻsha davrda oʻlkamizda hukmronlik qilgan arab maʼmuriyatini ham ilohiylashtirib, ularni bugungi bekami-koʻst musulmon kishi fazilatlariga ega shaxslardek tasvirlash ham joiz emas. Chunki abbosiylar tomonidan arab boʻlmagan aholiga nisbatan olib borilgan tengsizlik munosabati, zulm, qoʻshimcha soliq va majburiyatlar joriy etilgani toʻgʻrisida manbalarda koʻplab maʼlumotlar keltirilgan.
Qolaversa, kelajakda bu masalani tadqiq etishda oʻsha davrga oid boshqa norasmiy manbalar aniqlansa va ularning maʼlumotlari chuqur oʻrganilsa, ilk abbosiylar davridagi Turon va unga tutash oʻlkalarda kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy holat, Muqanna shaxsi va faoliyati yuzasidan bir qator yangi maʼlumotlarni qoʻlga kiritish mumkin. Bu esa, oʻz oʻrnida, masala yuzasidan yana-da xolis xulosa chiqarishga imkon beradi.
Husniddin Mamadaliyev,
tarix fanlari nomzodi,
Tarix instituti katta ilmiy xodimi