9-may – Xotira va qadrlash kuni

Ikkinchi jahon urushi insoniyatning eng yirik yo‘qotishlarga boy tarixi bo‘ldi. Frontdagi qonli janglar qanchadan-qancha  insonlarning yostig‘ini quritdi. Sovuq urushning odamzod qalbida qoldirgan unutilmas jarohatini bugungi dorilomon kunlargacha yetib kelgan urush qatnashchilari nigohlaridan yaqqol anglash mumkin.  

Ikkinchi jahon urushi tugaganiga ham bu yil 79-yil to‘ladi. Oradan oylar, yillar o‘tib, bu jang-u jadal boshlangan va yakunlangan sanalar bizdan  tobora uzoqlashmoqda.  Lekin urushning insoniyat qalbiga solgan jarohati hech qachon bitmaydi.  

Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabani ta’minlashga ko‘plab xalqlar qatori, o‘zbek xalqi ham juda katta hissa qo‘shgan. Minglab zabardast o‘zbek o‘g‘lonlari qonli janglarda dom-daraksiz g‘oyib bo‘ldi, qanchasi qurbon bo‘ldi.  

Fashizmga qarshi kurashda Qashqadaryo viloyatidan ham 13 ming nafar kishi qatnashdi va ularning yarmidan ko‘pi  omon qaytmadi. Hozir viloyatda ularning bor- yo‘g‘i 8 nafarigina, ya’ni Qarshi shahridan Vera Nosirova, g‘uzorlik Ennazar Hasanov, qamashilik Ro‘ziboy Sattorov, kasbilik Xayrullo Shermatov, nishonlik Ro‘zi Soatov, chiroqchilik  Jo‘ra Yadgarov, Shahrisabz tumanidan Saydullo Jabborov va Shahrisabz shahridan Omon Boboyev  biz bilan yonma-yon umrguzaronlik qilmoqda. O‘tgan yili ular 10 nafar edi. Ne-ne azoblarni ko‘rgan bu chehralarga boqqan kishi hayotni yanada ardoqlagisi, mehr-muruvvat, ko‘ngillarga shodlik ulashgisi keladi.  

[gallery-17322]

Ayni kunlarda 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida bu nuroniylarning xonadonidan yo‘qlab keluvchilarning qadami uzilmayapti.

Shu kunlarda o‘zining 104-bahorini qarshilayotgan, nafaqat Qutchi qishlog‘ining, balki Shahrisabz tumanining  eng keksa otaxonlaridan  biri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Saydullo bobo Jabborov yoshlarga nasihat qilishdan charchamaydi. 5 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan, nevara-evara-yu chevaralarning mehribon va nasihatgo‘y bobosi Saydullo bobo Jabborovning xonadoni bayram arafasida to‘yxonaga aylanib ketgan. Tumanning barcha darajadagi rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, maktab o‘quvchilari kunora otaxonnikiga tashrif buyurishadi.

– Mana shu ro‘zg‘orga kelin bo‘lib tushganimga 32-yil bo‘ldi, – deydi urush qatnashchisining kelini Gulbahor Ergasheva. – Bir o‘g‘il, bir qizim bor. Urush qatnashchisining kelini bo‘lish qalbimda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. 32-yil davomida buvamdan maslahat so‘rab, ish tutib keldik. O‘zim hamshira bo‘lib ishlayman. Qaynota -kelin bir-birimizga juda ham suyanib qolganmiz. Kasal bo‘lsa ham “Gulbahor men nima qilishim kerak, mazam bo‘lmayapti, meni tez tuzat” deydilar. “Gulbahorning bitta ukoli o‘nta mulloning o‘qiganidan ziyod” deb hazil qiladilar doim. U kishidan doim o‘zimga energiya olaman. Mana hozir 104 yoshga to‘ldilar. Yaratganga shukr, umrlari uzoq bo‘lsin, hali oyoqda yuribdilar. Har yili bayram arafasida mehmonlar kelishadi. Qancha sovg‘a- salomlar olib kelishadi. Bu e’tibor va g‘amxo‘rlikdan ko‘ngillari juda ko‘tariladi. Dasturxon boshida davlatimiz rahbarini doim duo qiladilar. Farzandlarim ham bobosi bilan faxrlanadi. Ular ham buvamni maslahatini, tarbiyasini olib ulg‘ayishdi va kam bo‘lishmadi. Hozirgacha buvamni tarbiyasini olib kelamiz. Eshigimiz hamisha ochiq. Buvamni orqasidan doim mehmonlar kelishadi va biz bundan xursand bo‘lamiz.  

Saydullo bobo 12 yoshidan mehnat faoliyatini boshlagan. 1941-yil dekabr oyida frontga jo‘nadi. Dastlab Ukrainada, biroz harbiy tayyorgarlikdan so‘ng Moldova, Belarus, Litva, Latviya, Estoniya va Germaniyaning Berlin shaharlarida urush frontida jang olib bordi.  

1945-yilda yarador holatda o‘z yurtiga qaytib keldi. Urushdan so‘ng 1947-1974-yillarda Kirov nomli sovxozda brigadir vazifasida faoliyat yuritdi. 1974 -1985-yillarda Nishon tumanidagi 2-sovxozda bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritdi. 1985-1986-yillarda Shirinobod sovxozida direktor lavozimida ishladi. Xizmatlari uchun turli yillarda “Jasorat” medali, “Do‘stlik” ordeni kabi ko‘plab orden, medal va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

– Dunyoning ko‘p tomonlarini ko‘rdim, – deydi Saydullo bobo. – Ota-bobolarimiz og‘ir davrlarda yashadi. Yashash mana bundoq bo‘larkan. Qarang, Prezidentimiz boshchiligida viloyat va tuman rahbarlari mamlakatimizning obod bo‘lishi uchun, xalqimizning to‘kis yashashi uchun qancha ezgu ishlarni amalga oshirayapti. O‘tganlarni yo‘qlash, tiriklarni qadrlash bo‘yicha qancha ishlar olib borilmoqda. Niyat yaxshi bo‘lishi kerak ekan. Shunda hamma tomon yaxshi bo‘lib boraveradi. Hozirgi kundagi mo‘l- ko‘lchilik, tinchlikning qadriga yetishimiz kerak. O‘tgan umrimdan, bugungi dorilomon kunlarga yetkazganidan xursandman. Bitta narsa qiynaydi meni doim. Quroldoshlarim mana shu kunlarning bir kunginasini bo‘lsa-da, ko‘rsa nima bo‘lardi. Vatan ozodligi uchun qurbon bo‘ldi ular. Ularning ruhlari doim shod bo‘lsin. Boshimizdan ko‘p qiyinchilik kunlar o‘tdi. U kunlar hech qachon qaytmasin.  

Bobo gapirishdan charchab, ko‘zlarini ohista yumadi. Qator orden va medallar bilan taqdirlangan, qadr-qimmati, sha’ni ulug‘lanayotgan yurtda, yaqinlari ardog‘ida yashayotgan Saydullo bobo Jabborov bugungi dorilomon kunlarga yetkazganiga shukr qiladi...  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),  

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mungli nigohlarda qotgan olovli tarix