Toshkent shahrida “Dinlararo va bir din ichidagi bag‘rikenglik masalalari” mavzusidagi muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va Xalqaro “Search for Common Ground” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ikki kunlik tadbirda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan turli diniy konfessiyalar vakillari, NNT faollari, ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, yurtimizda milliy madaniyati, tili, urf-odati, o‘z turmush tarziga ega bo‘lgan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi millatlar yashab kelayotganini hisobga olsak, bu muhim mavzu hisoblanadi.
Globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik, o‘zaro hamkorlik masalasi rivojlangan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarning tinchligi hamda taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Tadbirda bag‘rikenglik tushunchasi, mamlakatimizdagi turli dinlar ildizlari, tarixi va bugungi kundagi rivojlanishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Dinlararo munosabatlarning mohiyati hamda vazifalari, qonuniy asoslari, tarixiy jihatlari, bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar, ularni bartaraf etish choralari to‘g‘risida muhokamalar olib borildi. Dastlab soha vakillari ishtirokida ekspertlar maslahatlashuvi o‘tkazildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ueQDd9zmLbo" title="Muloqot mavzusi: “Dinlararo va bir din ichidagi bagʻrikenglik masalalari”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Shundan so‘ng OAV vakillari bilan tashkil etilgan muloqotda ishtirokchilarga bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik mavzusida rolik namoyish etilib, dinlararo nizolarni ommaviy axborot vositalarida yoritishning axloqiy jihatlari muhokama etildi.
Loyihaning asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalari va blogerlarning bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik yo‘nalishida kasbiy malakasi va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shu maqsadda 2023 yil oktyabr - dekabr oylarida Nukus, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Urganch va Toshkentda jurnalistlarni malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazildi. Bugun Toshkentda tashkil etilgan muloqotlar esa loyihada rejalashtirilgan tadbirlarning navbatdagisi hisoblanadi.
Poytaxtimizda o‘tayotgan davra suhbatlarida mediada tolerantlik muhitini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilishi ham nazarda tutilgan.
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov O‘zA