Ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab oshib borayotgan bir paytda ko‘chmas mulkni ishonchli himoya qilish va kafolatlash davr talabi hisoblanadi. Biz foydalanib, egalik qilib kelayotgan huquqiy hujjatlari mavjud ko‘chmas mulklarimiz o‘zimizniki. Lekin shu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasi-chi? Uni qanday xususiylashtirish mumkin?

Bu savolga Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Otabek To‘xtayev quyidagicha javob beradi:

– Joriy yilning 8 oyi mobaynida Navoiy viloyati bo‘yicha 723 ta yer uchastkasini xususiylashtirish bo‘yicha ariza kelib tushgan. Shundan 52 ta yer uchastkasiga ijobiy xulosa berilgan va 28 ta yer uchastkasiga xususiylashtirish bo‘yicha order shakllantirilgan.

Avvalo, fuqaro Davlat xizmatlari markaziga yer uchastkasini xususiylashtirish bo‘yicha huquqiy hujjatlarni olib boradi. Hujjatlar ilova qilingan holda parallel ravishda tuman yoki shahar qurilish bo‘limlari va kadastr bo‘limlariga ariza yuboriladi. Arizaning ko‘rib chiqish muddati 5 ish kuni etib belgilangan.

Tegishli tartibda arizaga ijobiy xulosalar olingandan keyin mulk egasi 10 ish kuni ichida xususiylashtirish to‘g‘risidagi orderni shakllantirish uchun to‘lovni amalga oshiradi.

To‘lov to‘langandan so‘ng mulk huquqini tasdiqlovchi orderni shakllantirish uchun “Yerxususiylashtirish” AAT orqali Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga yuboriladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan bir ish kunida mulk huquqini beruvchi order shakllantiriladi hamda shakllantirilgan orderga asosan yer uchastkasi Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Real vaqt rejimida arizachiga Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali hujjatlar taqdim etiladi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mulk o‘zingizniki, lekin yerchi? Uni qanday xususiylashtirish mumkin?