Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Xalilulla Sherimbetov muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yo‘nalishidagi faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatimizda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan umurtqali hayvonlarning 102 turi, o‘simliklarning 280 turi uchraydi.  

Hozirda O‘zbekistonda 7 ta davlat qo‘riqxonasi, 1 ta majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi, 12 ta tabiat bog‘i, 1 ta milliy bog‘, 11 ta tabiat yodgorligi, 2 ta biosfera rezervati, 12 ta buyurtma qo‘riqxonasi, 1 ta Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi mavjud.  

Mazkur hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan umurtqali hayvonlarning 102 turi, o‘simliklarning 280 turi uchraydi. Ushbu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning 26 tasi yuridik maqomga ega. Ularning 24 tasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida, 1 tasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda bittasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidadir. 2023 yilning 1 yanvar holatiga muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 6,321 million gektarga yetkazildi va ularning mamlakatimiz hududidagi ulushi 14,08 foizni tashkil qilmoqda.  

Xalqaro yo‘nalishda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2016 yilda Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi (Maydontol uchastkasi) va Ugam-Chotqol davlat biosfera rezervatining qo‘riqxona zonasi (Boshqizilsoy uchastkasi) YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga hamda 2021 yilda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati YUNESKOning Butunjaxon biosfera rezervatlari tarmog‘i ro‘yxatiga kiritilgan. 

2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan “Saygachiy” majmua buyurtma qo‘riqxonasi va “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i kiritilgan “Mo‘’tadil mintaqadagi Turon cho‘llari” ko‘pmillatli nomzodnomasi Butunjahon merosi qo‘mitasiga taqdim etilgan.  Quyimozor va To‘dako‘l suv omborlari (2020 yilda), “Sudoche” ko‘llar tizimi (2023 yilda) O‘zbekiston Respublikasining halqaro ahamiyatga ega suv-botqoqlik hududi sifatida Ramsar Konvensiyasining ro‘yxatiga kiritilgan.  

2023-2025 yillarda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, “Chotqol” davlat biosfera va “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma zonalarini belgilash, “Quyi Amudaryo” davlat biosfera rezervatining “Boday-to‘qay” uchastkasi hududiga Amudaryodan suv chiqarish ishlarini amalga oshirish, Hisor davlat qo‘riqxonasining “Suvtushar sharsharasi” ekoturistik ob’ekti infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar  olib borilmoqda.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 6,321 million gektarga yetkazildi