Muhim va muqim daromad manbai
Fargʻona viloyatining Toshloq tumani Yangi yoʻl mahallasi ahli uchun tomorqa muhim daromad manbai sanaladi.
Fargʻona viloyatining Toshloq tumani Yangi yoʻl mahallasi ahli uchun tomorqa muhim daromad manbai sanaladi. Ayni kunlarda tomorqa issiqxonalarida yetishtirilgan ekinlar barakali hosilga kirgan.
Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Umidjon Musayevning taʼkidlashicha, hududda barpo etilgan mingga yaqin issiqxonada har yili 1000 tonnadan ortiq limon yetishtirilib, aholi dasturxoniga yetkazib berilmoqda. Tomorqadan olingan daromad oilalar farovonliga, roʻzgʻor toʻkinligiga xizmat qilayotir.
– 2001yili 16 tup limon koʻchati ekib, tomorqada issiqxona tashkil etdik, – deydi Ergash ota Sultonov. – Hozirgi kunga kelib 57 tup limon koʻchatidan barakali hosil olmoqdamiz. Bundan tashqari, bulgʻor qalampiri bodring sotib daromad qildik.


