Muhim mavsumiy agrotexnik tadbir oldidan
Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi “Pilla xolding” MCHJda ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Yuz nafardan ziyod pillakor ayollarni jamlagan ushbu seminarda sifatli sanoat xomashyosini yetishtirishda ko‘plab omillar qatori ipak qurtiga ozuqa yetkazib berish alohida ahamiyatga egaligi, bu borada pillachilik korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mahalliy tut, ipak qurti urug‘ini tayyorlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Ishtirokchilar “Pilla xolding” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, pillani qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida muayyan tasavvurga ega bo‘ldilar.
[gallery-17099]
Ma’lumot uchun. Yangiariq tumanida joriy yilda ipak qurti boqishga jalb qilinadigan 2 ming 229 nafar xotin-qiz ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, 134 tonna pilla fermerlar tomonidan, 88 tonna pilla kasanachilar tomonidan yetishtirilishi rejalashtirilgan.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA