O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf o‘zbek she’riyatida o‘z ovoziga ega bo‘lgan betakror iste’dod sohibi edi. Uning sodda va xalqona she’rlarini o‘qimagan, undan bahra topmagan o‘zbek kitobxoni topilmasa kerak.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi oyligi doirasida “Muhammad Yusuf — el ardog‘idagi shoir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir 2025-yil 26-aprel kuni yurtimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligini munosib nishonlash arafasida tashkil etildi. 

Tadbir davomida Muhammad Yusufning yuraklarga singgan she’rlari, samimiy xotiralar, hayotiy saboqlarga boy suhbatlar tinglovchilar qalbida unutilmas taassurot qoldirgani shubhasiz. Ushbu davra suhbati talaba-yoshlar buyuk shoirning hayoti va ijodini chuqurroq o‘rganish, milliy adabiyotimizning bebaho namunalarini qadrlash, vatanparvarlik, insonparvarlik, sadoqat kabi tuyg‘ularni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ddbq4w3hhn8" title="Muhammad Yusuf — el ardogʻidagi shoir" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammad Yusuf — el ardog‘idagi shoir (+video)