Poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag`ishlangan xotira kechasi bo`lib o`tdi.

Adabiy kechaga yozuvchi va shoirlar, madaniyat va san’at namoyandalari, talaba va o`quvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari to`plandilar.  

Bayramona bezatilgan saroy foyesida Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag`ishlangan suratlar hamda kitoblar ko`rgazmasi tashkil qilindi.  

Tantanali tadbir avvalida  O`zbekiston xalq shoiri  Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag`ishlangan hujjatli film namoyish etildi.  

Xotira kechasida  O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O`zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Muhammad Yusuf she’riyati Vatan sevgisini o`zida mujassam etgani  bilan qadrli ekanini ta’kidladi.  

- Shu kunlarda mamlakatimiz bo`ylab Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi she’riyat, adabiyot, ma’rifat bayrami sifatida keng nishonlanmoqda, - dedi O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid. – Sana munosabati bilan “Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida” nomli kitob chop etildi. Shoir  she’riyatining ohangdorligi, jozibasi o`zgacha edi. Muhammad Yusuf o`zini to`kib, sochib ketgan ijodkor  edi. Biz “Toshkent oqshomi” gazetasida birga ishlagandik. Gazetaga “Maqsad Yaxshiev” nomi bilan ham she’r yozar edi. Surxondaryoga borganda, “onangiz mening ayamlarga o`xshar ekanlar” deb ko`p aytardi. Uning she’riyatida onalar, Vatan, mehnatsevar xalqimiz timsoli ustuvor edi.  

Adabiy anjumanda O`zbekiston Qahramoni, ustoz ijodkor, taniqli adabiyotshunos Ibrohim G`afurov so`zga chiqib shoir ijodining ahamiyati xususida so`zladi.  

–  Muhammad Yusufning she’rlari hech kimga malol kelmasdi, – dedi O`zbekiston Qahramoni Ibrohim G`afurov. – Bu she’r uning og`zidan chiqishi bilan odamlar ko`ngliga etib borardi. Muhammad Yusuf hammani o`ziga yaqin olar va barchaga birdek samimiy muomalada bo`lar edi. Uning har bir satrida o`zbekning hech qachon sinmaydigan qilichining jarangi  yangraydi. Men ba’zan buyuk ajdodlarimizning, bobolarimiz, momolarimizning, xalq qahramonlarining so`zlarini eshitmoqchi bo`lsam, go`zallikni ko`rmoqchi bo`lsam, Muhammad Yusuf ijodini o`qiyman.  Uning she’rlari xalqimiz mulki. Bu she’riyat bizning insonlik sha’nimizga, nomusimiz, orimizga murojaat etayotgan she’riyat. Bu she’riyat tirik, bizga yo`ldosh, doim biz bilan birga yangrayotgan she’riyatdir.  

Xotira kechasida aytilganidek, shu kunlarda mamlakatimizdagi ko`plab ta’lim muassasalari, xususan, ijod maktablari va oliy o`quv yurtlarida Muhammad Yusuf ijodiga bag`ishlangan ijodiy uchrashuv va she’riyat kechalari, adabiy anjumanlar o`tkazilmoqda. Mazkur xotira kechasi ham ana shunday ezgu tadbirlarning mantiqiy davomidir. Zotan, xalqimiz doimo Muhammad Yusufni sevib-ardoqlab, uning asarlarini katta ishtiyoq bilan mutolaa qiladi.  

Tadbir davomida  yoshlar tomonidan Muhammad Yusufning Vatan haqidagi she’rlari o`qildi.  

Taniqli san’atkorlar, yosh ijrochilar, badiiy jamoalar ishtirokida  shoir she’rlariga  bastalangan qo`shiqlar yangradi.  

N.Usmonova, O`zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammad Yusuf – barhayot she’riyat sohibi