Yangi kitob

XVI asrda yashagan Muhammad Shayboniyxon o‘zbek davlatchiligi tarixida o‘ziga xos chuqur iz qoldirgan shoh va sarkardalardan biridir. Akademik Bo‘riboy Ahmedovning ta’kidlashicha: “Shayboniyxon davrida Buxoro xonligining Hindiston, Turkiya, Rusiya bilan savdo va elchilik munosabatlari rivojlangan”. Tarixchi olim Ismoil Bekjon: “Shayboniyxon iste’dodli shoir bo‘lib, adab ahli va olimlarni qadrlar, ularga rag‘batlar ko‘rsatardi. Shayboniyxon o‘g‘li Temur Sultonga atab o‘zbekcha pand-nasihatlar kitobini yozgan”.  

Taniqli adabiyotshunos Mahmud Sa’diy Shayboniylar davrida Samarqand, Buxoro tasviriy san’at maktablari shakllanib kamol topgani va, ayni paytda, Shayboniylar davri teran, xolis ilmiy tadqiq etilishga muhtoj ekanini aytadi. Adabiyotchilarning birinchi navbatdagi vazifasi  Shayboniyxon va bu sulolaning boshqa vakillarini turkiy, ham forsiy tillarda bitgan asarlarini to‘plab nashr etishdir, degan.  

Taniqli siyosatshunos, davlat va jamoat arbobi Qudratilla Rafiqovning Shayboniyxon shaxsiga bergan ta’rifi, ayniqsa xarakterlidir. “Nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning o‘tmish taqdirida muhim rol o‘ynagan Muhammad Shayboniyxon va Shayboniylar sulolasini alohida eslatib o‘tish lozim. Temuriylar saltanati tanazzulga yuz tutib, oxir-oqibat parchalangach, o‘lkamizni Eron hukmdori Ismoilshoh qo‘shinidan saqlab qolgan ham aynan Shayboniylar bo‘ladi”.  

Professor Qozoqboy Yo‘ldosh esa milliy adabiyotimizda tarixda yashab o‘tgan shaxslarga nisbatan munosabatda sovet mafkurasidan qolgan biryoqlama yondashuv qay darajadadir davom etayotganidan achinib, zamonaviy o‘zbek adabiyotida Shayboniy timsoli tasviriga yo umuman qo‘l urilmagani, yoki u boshdan-oyoq illatli shaxs sifatida ko‘rsatilib kelinganidan qattiq afsuslanadi.  

Darhaqiqat, tariximizning eng suronli  yillari XVI asrda va undan keyingi  asrlarda hukm surgan Shayboniylar hayoti va faoliyati xususida ilmiy va badiiy adabiyotlar juda kam yaratilgan. Shu boisdan albatta, Shayboniylar sulolasi hukm surgan vaqtlarda Mavorounnahr va Xurosonda qanday shiddatli hodisalar yuz berganligidan ko‘pchilik bexabar.  

Iste’dodli adabiyotshunos va taniqli adib Jovli Xushboqning “Muhammad Shayboniyxon” romanini ana shu bo‘shliqni to‘ldirish yo‘lidagi dastlabki qadamlardan biri, deyish mumkin. Asarda  ko‘plab ilm sohalarini mukammal egallagan Shayboniyxon Turkistondan Xurosongacha bo‘lgan katta bir hududda o‘z imperiyasini tuzib, u yerlarni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy jihatdan baquvvat va obod o‘lkalarga aylantirgani mahorat bilan tasvirlanadi.  

– Roman yozishdan oldin uch-to‘rt yil qizg‘in mutolaa bilan mashg‘ul bo‘lganimni alohida qayd etib o‘tmoqchi edim, – deydi adib. – Buning uchun yuzlab kitoblarni o‘qib chiqishimga, o‘zbek xalqining kelib chiqish tarixini chuqurroq o‘rganishimga to‘g‘ri keldi. Chingizxon, O‘zbekxon, To‘xtamishxon,  Abulxayrxon, Shayboniyxon, Abdullaxon, Ubaydullaxon shaxsiga, qo‘ng‘irotlar hayotiga oid qimmatli ma’lumotlarni aniqladim va bir-biri bilan qiyoslab chiqdim.  

Shoh va shoir Muhammad Shayboniyxon haqidagi yirik asarning dunyoga kelishi o‘zbek adabiyotida o‘tmishda yashagan mashhur shaxslarga nisbatan hurmat va e’tibor tobora kuchayib borayotganidan dalolat beradi.  

K.Xudoyberdi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MUHAMMAD SHAYBONIYXON