Mug‘ uylariga fotosayohat
Pop tumani, Qamchiq dovoni tunneli tagida joylashgan qadim tarixga ega Guliston qishlog‘idamiz.
Meksikadagi Astek va Mayyalar, Misrdagi piramidalar, Perudagi ulkan tosh haykallar kabi sir-sinoatga boy toshdan yasalgan mug‘, mug‘onlar uylari sari yo‘l oldik.
– Bundan 60-70 yil burun Mug‘ uylari ko‘p, bus-butun hamda tog‘ yon bag‘ri butalarga to‘la bo‘lgan, - deydi shu qishloqlik pedagog va jamoat arbobi Salimxon Naziriy. – O‘tgan davr tarixga nisbatan ayovsiz munosabat, tabiatga mehrsizlarcha yondashuv, o‘nlab Mug‘xonlarni yo‘q bo‘lishi, butalarni qurishiga sabab bo‘ldi.
Guliston qishlog‘i yozda sayyohlar bilan gavjum bo‘ladi. Ikki oylik ushbu mavsumda butun qishloq hududga tashrif buyuruvchi sayyohlarga xizmat ko‘rsatish orqali tirikchilik qiladi. Boshqa paytda ular hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi.
[gallery-610]
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar, O‘zA