Poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududida Mudofaa vazirligi “Ma’naviyat va madaniyat departamenti” binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda  Mudofaa, Madaniyat vazirliklari rahbariyati, turli idora va jamoat tashkilotlari mas’ullari, ijod ahli va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.   

Tadbir ishtirokchilari dastlab yangi bino va unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, vazirlikning ijodiy muassasalari va axborot xizmatida olib borilayotgan ishlar, “Turon” harbiy teatri, “Armiya studiyasi” paviloni imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur inshoot 4 qavatdan iborat bo‘lib, uning birinchi va ikkinchi qavatida vazirlik “Ma’naviyat va madaniyat departamenti”, uchinchi va to‘rtinchi qavatida esa Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti faoliyat olib boradi.   

Departament mutlaq yangi tarkibiy-shtat tuzilishida tashkil etilib, unga Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli, Alohida ko‘rgazmali-namunali harbiy orkestr, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi, “Turon” harbiy teatri biriktirildi.  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti  ma’lumotiga ko‘ra, joylardagi 5 garnizon Ma’naviyat va ma’rifat markazlari, 16 harbiy orkestr hamda 56 harbiy qismning Madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish ham departament zimmasiga yuklatildi.   

Zamonaviy talab va format asosida ishga tushgan muassasada 277 o‘ringa mo‘ljallangan katta anjumanlar zali, teatr xonalari, ansamblning vokal, xor, balet va sozandalar guruhlari uchun alohida repetitsiya xonalari hamda ovoz yozish studiyasi barpo etilib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Universal anjumanlar zalida nafaqat anjumanlar, balki ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jonli ijrodagi konsert dasturlari, teatr tomoshalari namoyish etish, hatto kinozal sifatida foydalanish uchun ham barcha zarur  sharoitlar yaratildi.   

Binoning 3- va 4-qavatida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti joylashgan bo‘lib, u mudofaa sohasidagi islohotlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilishga, vazirlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga e’tibor qaratadi hamda armiya hayotiga oid ma’lumotlarni aholiga tezkor ravishda yetkazib boradi.   

Departament Axborot-media va “Vatanparvar” birlashgan tahririyati boshqarmalari, Elektron ommaviy axborot vositalari va Veb-resurslar bilan ishlash hamda faoliyatni ta’minlash bo‘lim va bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.   

Bugungi kunda Departament tomonidan davlat va nodavlat telekanallari bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi “O‘zbekiston armiyasi”, “Vatanparvar”, “Armiya sporti”, “Men harbiy bo‘laman” ko‘rsatuvlari, informatsion dasturlar uchun xabar va lavhalar, shuningdek, buyuk ajdodlar va milliy qahramonlarimizni madh yetuvchi videomateriallar doimiy ravishda tayyorlanmoqda.   

Shu bilan birga, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, tizimdagi yangilik va xabarlar tezkor tayyorlanib, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilmoqda. Faoliyatning ochiqligini ta’minlash va sohadagi axborotlarni keng ommaga targ‘ib qilish maqsadida respublika axborot agentliklari, elektron nashrlar va blogerlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilgan.   

Ayni paytda departament faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida telekanallar va maxsus loyihalar bilan ishlash xonalari, ovoz yozish va 7 ta telemontaj xonalari hamda 300 kv.metrga ega bo‘lgan “Armiya studiyasi” paviloni o‘z faoliyatini muntazam davom ettirmoqda. Milliy armiyamizning shonli tarixini aks ettirayotgan “Vatanparvar” gazetasi tahririyati ham ushbu binoda yuqori qulayliklar asosida ish olib bormoqda.   

Tadbir “Harbiy xizmatchilarda yuksak vatanparvarlik, yurtga fidoyilik sifatlarini yuksaltirishda madaniyat va san’atning o‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bilan davom etdi.   

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, sohaga bevosita aloqador tashkilotlar rahbarlarining “Vatan himoyachilarining jangovar va milliy ruhini oshirishda madaniyat va san’atning o‘rni”, “Yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, Vatan taqdiriga daxldorlik hissini yuksaltirishda teatrning roli”, “Harbiy jadidlar xotirasi barhayot” kabi bir qator mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.   

– Sohibqiron Amir Temur bobomiz davlatni davlat darajasiga ko‘tarish uchun, avvalo, askarlar va harbiy sohaga katta e’tibor qaratgani tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum, – dedi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov. – Bobomizning harb ilmiga oid qarashlari, hayotiy o‘gitlari hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. So‘nggi yillarda  Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, sarhadlarimiz daxlsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash yo‘lida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu sa’y-harakatlar harbiy xizmatchilar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish kabi ezgu maqsadlarni ham qamrab oladi. Binobarin, biz yoshlarimizning qandaydir to‘qima yoki o‘ylab topilgan obrazlarga ergashib emas, aynan Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari buyuk tarix yozgan ajdodlarimizga havas qilib, ulardek haqiqiy vatanparvar bo‘lib kamolga yetishlarini istaymiz. Ta’lim-tarbiya jarayonida ham shunga intilamiz. Zero, Qurolli Kuchlar mamlakat chegaralarini himoya qilsa, madaniyat inson qalbi va ongini himoya qiladi.  

Anjumanda e’tirof etilganidek, Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir mamlakatimiz bo‘ylab yuksak saviyada tashkil etildi.   

“Vatanparvarlik ruhidagi eng yaxshi videorolik”, “Vatanparvarlik ruhidagi eng yaxshi qo‘shiq” hamda “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r” tanlovini o‘tkazish yuzasidan qo‘shma qaror qabul qilinib, ushbu ijodiy loyiha yuksak saviyada o‘tkazildi. Har yili yanvar va may oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilgani va Vatan himoyachilari kuni, Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.   

Shu yil dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!” harbiy-vatanparvarlik qo‘shiqlari ko‘rik-tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan.   

Davlat teatrlarida aynan harbiy-vatanparvarlik mavzusida 20 dan ziyod sahna asarlari sahnalashtirilib, doimiy namoyish etilmoqda. Xususan, “Adolat fasli”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Ofitserlar”, “Sadoqat”, “Burch”, “Mangu jasorat”, “Bahodir”, “Chegarachi” kabi spektakllarni tomoshabinlar iliq kutib oldi. Davlat buyurtmasi asosida “Tinchlik ortida”, “Hayot”, “Tutqunlik”, “Men terrorchi emasman”, “101-reys”, “Vatan ostonasi”, “Muhabbat bahori”, “Ayol qismati” nomli badiiy filmlar tayyorlandi.   

“Yangi O‘zbekiston kinosolnomasi” turkumida “Yangi O‘zbekiston lochinlari”, “Seni Vatan kutadi”, “Zamonaviy harbiy institut” nomli hujjatli filmlar yaratildi. “Va’da” hamda “Dovyuraklar” nomli seriallar olinmoqda.   

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida 2024 – 2027 yillarda “Tirik tarix” turkumida bir qator tarixiy, tarixiy-biografik kinoloyihalar yaratilishi rejalashtirilgan. Uning doirasida “Temurbeklar maktabi” nomli badiiy film suratga olinishi ko‘zda tutilgan.   

Tantanali tadbirda xalq va armiya birdamligini ta’minlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda vazirlik qo‘shinlarida ma’naviy va ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan davlat va jamoat tashkilotlarining bir guruh vakillari Mudofaa vazirligining esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.   

Tadbirning badiiy qismi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli, Mudofaa vazirligi “Impuls” harbiy ansambli xonandalari va xor jamoasi, shuningdek, vazirlikning Alohida ko‘rgazmali-namunali harbiy orkestri ijrosidagi konsert dasturlari, Mudofaa vazirligi “Turon” davlat harbiy teatri tomonidan sahnalashtirilgan betakror musiqiy kompozitsiya namoyishlari bilan davom etdi.   

Darhaqiqat, “Ma’naviyat va madaniyat departamenti”ning tashkil etilishi chin ma’noda Mudofaa vazirligi tizimida avval tarqoq bo‘lgan madaniyat va san’at yo‘nalishlari faoliyatini muvofiqlashtirib, ularni aniq maqsad yo‘lida birlashtirdi.   

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov ishtirok etdi.   

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofaa vazirligining “Ma’naviyat va madaniyat departamenti” binosi foydalanishga topshirildi