“Markaz – 2019” strategik o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar Rossiyadan yurtimizga qaytib keldi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti O‘zAga ma’lum qildi.

Avval xabar berganimizdek, 16-21 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyatida joylashgan “Donguz” poligonida “Markaz – 2019” strategik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unda 8 davlat: Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy kontingenti ishtirok etdi. 

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida yurtdoshlarimiz Tojikiston harbiy xizmatchilari bilan birgalikda shartli terrorchi guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.

Tajriba almashish, jangovar shaylikning oshishi, xalqaro harbiy hamkorlikning kengayishini ko‘zda tutuvchi mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida vakillarimiz har tomonlama munosib ishtirok etib, xorij davlatlari mutaxassislari e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari O‘zbekistonga qaytib keldi
Жамият
16:52 / 23:09:2019